AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralardan bosh tortsa, qanday chora koʻrishini aytdi.
Tramp 20 yanvar kuni prezidentlik lavozimiga kirishdi, u Ukrainadagi urushni inauguratsiyadan keyin 24 soat ichida tugatishga va'da bergandi. Biroq mazkur va'dasi ustidan chiqmadi. Endilikda siyosatchi agar Putin urushni toʻxtatishga koʻnmasa, “ehtimol” Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy qilishini aytmoqda.
Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan “ular xohlagan vaqtda” uchrashishga tayyorligini ta'kidladi. Bundan tashqari, u Ukrainadagi urush qurbonlarining rasmiy sonini shubha ostiga qoʻydi. Tramp urush allaqachon “millionlab odamlarning” hayotiga zomin boʻlganini ta'kidladi.
Amerika prezidentining hisob-kitoblariga koʻra, Moskva 800 mingga yaqin, Kiyev esa 600 dan 700 minggacha odamni yoʻqotdi. Tramp, shuningdek, AQSh Ukrainaga yordam berish masalasida NATOning boshqa mamlakatlariga nisbatan nomutanosib yuqori moliyaviy yukni koʻtarayotganini yana tanqid qildi. U alyans davlatlarini mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar