Facebook asoschisi Mark Tsukerberg doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida. Axborot imperiyasi rahbari siyosatda ham faol, u Threads platformasini rivojlantirdi, bundan tashqari, sport bilan muntazam shugʻullanadi. Xoʻsh axborot va media olami etakchisi qayerda yashaydi?
Spartan uslubidagi beshta xona
Amerikalik media magnat, internet-tadbirkor va xayriyachi 1984 yilda Nyu York yaqinidagi Uayt Pleyns shahrida tugʻilgan. Uning otasi stomatolog, onasi esa psixiatr edi. Markning oʻzi dastlab psixolog boʻlishni xohlardi, lekin universitetda oʻqiyotganda u ITga mukkasidan ketgan va oʻzini butunlay dasturlashga bagʻishlagan.
Mark Tsukerberg koʻp yillardan beri Kaliforniyaning Palo Alto shahrida, oʻz kompaniyasining shtabi yaqinida yashaydi. Milliarder har qanday koʻchmas mulkni sotib olishga qurbi etishi mumkinligiga qaramay, uning 7,6 million dollarlik uyi juda kamtarona.
Facebook bosh direktorining uyi 5 ta yotoqxona va 5 ta yuvinish xonasi, mehmonxona va oshxonadan iborat. Standart bino kompaniya shtab-kvartirasidan atigi 10 daqiqalik masofada joylashgan. Amerika OAV media magnati uyining bezaklari spartaliklarga oʻxshaydi bunga sabab Mark Tsukerberg hashamatli intererlar va dizayn tarafdori emas.
Tsukerbergning ikki qavatli uyi devorlari oq rangda. Bino atrofi daraxtlar bilan oʻralgan. Hovli saranjom-sarishta, maysalar hafsala bilan oʻrilgan va hovli roʻparasida basseyn joylashgan.
Qizigʻi shundaki, uyni sotib olganidan koʻp oʻtmay Mark Tsukerberg qoʻshni binolardan toʻrttasini ham sotib oldi. Ularni ilgari egalik qilgan oilalarga ijaraga berdi. Bu esa u qoʻshni uylarni muxlislar sotib olishini istamasligi bilan izohlanadi.
Mark Tsukerberg u erda oilasi — rafiqasi va uch farzandi bilan yashaydi.
Funksional va ixcham
Milliarder oʻz uyi suratini tarmoqqa unchalik tez-tez joylashtirmasa-da, barcha xonalar ixcham, sodda va funksional tarzda jihozlanganini koʻrish mumkin.
Uyda derazalar va chiroqlar koʻp. Keng oshxona zaytun rangidagi minimalistik mebellar va kerakli texnikalar bilan jihozlangan.
Mehmonxona devorlari oq rangga boʻyalgan. Tokchalar va kamin ham qordek oppoq. Ushbu neytral fonda tabiiy yogʻochdan yasalgan mebel ajralib turadi.
Masalan, xonaning oʻrtasida qadimiy sandiq joylashgan boʻlib, Tsukerberg undan tumba shaklida foydalanishni yaxshi koʻradi.
Kichkinagina jurnal stoli va katta ovqatlanish stoli ham tabiiy yogʻochdan yasalgan.
Uydagi yuvinish xonalari ham did bilan jihozlangan.
Ularni bezashda mashhur Karrar marmaridan foydalanilgan. Ushbu mashhur materialdan Mikelanjelo oʻzining haykallarini yasashda ishlatgan.
Bu ajoyib uyning yana bir xususiyati — ochiq va oynavand ayvonlarning koʻpligidir.
Ularning har biriga qulay, yumshoq mebel joylashtirilgan va dam olish uchun ajoyib joyga aylantirilgan.
Hovlidagi keng shiyponchada Tsukerberg oilasi bilan dam olishni va doʻstlari bilan uchrashishni yaxshi koʻradi.
Yaqinda ma'lum boʻldiki, Mark Tsukerberg orolda turar joy binolari, ofislar, sport infratuzilmasi va hatto erosti boshpanalari boʻlgan maxfiy kompleks qurmoqda. Kompleksning taxminiy qiymati 270 million dollarni tashkil etadi.
Manba: Daryo.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring