AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish uchun neft narxini pasaytirishga harakat qilishini aytdi.
“Men Saudiya Arabistoni va OPEKdan neft narxini tushirishni soʻrayman. Uni tushirish kerak! — dedi Tramp Davosdagi iqtisodiy forumda. - Agar neft narxi pasaysa, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush darhol tugaydi! Narx hozir bu urushni davom ettirish uchun etarlicha yuqori. Biz neft narxini tushirishimiz kerak, bu urushni tugatishimiz kerak”.
Gʻarb sanktsiyalari joriy qilinganiga qaramay, Rossiya oʻz energiya resurslarini turli davlatlarga, jumladan, Hindiston va Xitoyga sotishdan sezilarli daromad olishda davom etmoqda.
Hozirda neft narxi bir barrel uchun 80 dollar atrofida.
Trampning mazkur gaplaridan keyin birjada Brent neftining narxi 78 dollargacha pasaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar