06:00 / 24.01.2025
547

Milliarder Rene Benko Avstriyada hibsga olindi

Milliarder Rene Benko Avstriyada hibsga olindi
Foto: AP
Signa Holding developerlik imperiyasi asoschisi Rene Benko 23 yanvar kuni tongda Insbrukdagi villasida hibsga olindi, deb xabar beradi Bildga tayangan holda Kun.uz.

Qayd etilishicha, uning hibsga olinishi Avstriya, Italiya va boshqa davlatlardagi jinoyat ishlariga oid tergovlar seriyasi bilan bogʻliq.

Avstriyaning Iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyaga qarshi kurashish prokuraturasi Benkoni 2023 yil yozda bankdan kredit olish uchun oʻzining Signa Holding kompaniyasining toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida yolgʻon ma'lumotlar berganlikda gumonlamoqda.

Benkoga qarshi tergov, shuningdek, Germaniya va Lixtenshteynda ham olib borilmoqda — milliarder ushbu mamlakatlarda qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan.

Italiyada esa Benkoga qarshi tenderlarni manipulyatsiya qilish, noqonuniy ta'sir koʻrsatish va firibgarlik boʻyicha ayblovlar qoʻyilgan.

Avstriya konstitutsiyasi oʻz fuqarolarining chet eldagi sud jarayonlarida ishtirok etishi uchun ekstraditsiya qilinishini taqiqlaydi. Avvalroq Rene Benkoning advokati Evropadagi biror-bir order uning mijozi hibsga olinishini ta'minlay olmasligini aytgandi.

Rene Benkoga Avstriyadagi eng yirik koʻchmas mulk holdingi — Signa Holding tegishli. 2023 yil noyabrda holding bankrotlik boʻyicha ariza bergan. Kreditorlar Signa’ni bankrotlik toʻgʻrisida ariza berishidan oldin noqonuniy tranzaktsiyalarni amalga oshirgani uchun sudga bergan. Oʻshanda Signa’ning qarzi 13 milliard yevroni tashkil etgan, 120 ga yaqin bank esa uning kreditori boʻlgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo