20:47 / 25.01.2025
1 402

Janubiy Koreyadagi samolyot portlashining ehtimoliy asosiy sababi aytildi

Janubiy Koreyadagi samolyot portlashining ehtimoliy asosiy sababi aytildi
Foto: Yonhap
Janubiy Koreyaning Aviatsiya va temir yoʻldagi avariyalarni tekshirish qoʻmitasi Boeing 737-800 samolyoti halokati qurbonlarining yaqinlari uchun brifing oʻtkazdi. Mutaxassislarning aytishicha, samolyotning «qora qutisi» yozuvlari aeroport dispetcherlari «qushlar faolligi» haqida ogohlantirish berganidan roppa-rosa bir daqiqa oʻtib toʻxtagan. Videokuzatuv kameralari tasvirida samolyot qushlar galasi bilan «toʻqnashganidan» keyin ikkinchi davraga yoʻl olgani koʻrinadi, deb xabar berdi Yonhap.

Taxminlarga koʻra, ikkala dvigatel ishdan chiqqanidan keyin samolyotning elektr ta'minoti uzilgan. Aeroport kameralaridan olingan videoda samolyot havoda boʻlganida dvigatellaridan olov yoki tutun chiqqani qayd etilmagan, biroq komissiyaning tushuntirishicha, samolyot bir nechta qushlar bilan toʻqnashgan deb taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar qulagan samolyotning ikkala dvigatelida ham qush patlari va qon dogʻlari topilganini tasdiqladi.

29 dekabr kuni JeJu Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot Muanga qoʻnayotganda halokatga uchradi. Samolyot qoʻnish yoʻlagida tezligini pasaytira olmay, beton konstruktsiyaga borib urilgan va yonib ketgan. Samolyot bortida 181 kishi boʻlgan. Ulardan 179 kishi halok boʻldi, samolyotning dum qismida boʻlgan ikki styuardessa tirik qoldi. Aviahalokat Janubiy Koreya tarixidagi eng halokatli voqea boʻldi va mamlakatda etti kunlik motam e'lon qilindi.

Mutaxassislar halokatga texnik nosozlik sabab boʻlishi mumkinligini taxmin qilishdi. JeJu Air samolyotining ikkita registratori parvozning soʻnggi daqiqalarini yozib olmagan, bu esa tergovni murakkablashtirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo