08:10 / 27.01.2025
393

Tramp migrantlar toʻla samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanktsiya joriy qildi

Tramp migrantlar toʻla samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanktsiya joriy qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp oʻz ma'muriyatiga Kolumbiyaga nisbatan boj tariflari va sanktsiyalar joriy etishni buyurdi, deb xabar berdi BBC. Avvalroq, bu mamlakat rasmiylari migrantlarni olib ketayotgan AQSh harbiy samolyotlarini qabul qilishdan bosh tortgan, oqibatda samolyotlar orqaga qaytgan edi.

Tramp oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi akkauntida «koʻp sonli noqonuniy jinoyatchilarni olib ketayotgan AQSh ikki repatriatsiya samolyotiga Kolumbiyaga qoʻnishga ruxsat berilmagani haqida ma'lum boʻlganini» yozdi.

Tramp bu harakat AQSh milliy xavfsizligiga zarar etkazishini aytdi, shuning uchun u Kolumbiyaga qarshi turli choralar koʻrishni buyurdi, jumladan:

- Kolumbiyaning barcha tovarlari uchun 25% boj;

- Kolumbiya hukumati amaldorlari va ularning barcha ittifoqchilari va tarafdorlari uchun sayohatni taqiqlash va AQSh vizasini darhol bekor qilish;

- Kolumbiyaning barcha partiya a'zolari, ularning oila a'zolari va Kolumbiya hukumati tarafdorlariga qarshi viza sanktsiyalari.

«Bu choralar faqat boshlanishi», deb yozdi Tramp.

AQSh yangi prezidenti mamlakatni noqonuniy migrantlardan tozalashga, jumladan, ularni oʻz vataniga deportatsiya qilishga va'da bermoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo