date
views 365

Kolumbiya hukumati Trampning talablariga rozi boʻldi

Kolumbiya hukumati Trampning talablariga rozi boʻldi
Kolumbiya hukumati AQSh tomonidan joriy etilgan iqtisodiy bosimlar va 25 foizlik tarif tahdidlaridan soʻng prezident Donald Trampning barcha shartlarini qabul qildi. Bu shartlardan biri AQShdan deportatsiya qilingan kolumbiyalik muhojirlarni "shartsiz" qabul qilishdir.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro avvalroq AQShdan deportatsiya qilingan kolumbiyaliklarni olib ketayotgan harbiy samolyotlarni qoʻndirishni taqiqlab, ularni "jinoyatchidek qabul qilishni" rad etgandi. Petro muhojirlar uchun munosib sharoitlar yaratish zarurligini ta'kidlab, ularni fuqarolik samolyotlari orqali qaytarishni taklif qilgan edi.

Ammo Trampning tezkor va keskin munosabati Kolumbiyaning pozitsiyasiga ta'sir koʻrsatdi. AQSh prezidenti Kolumbiyadan kelayotgan barcha tovarlarga 25 foizlik tariflarni joriy etib, bu choralar bojlarni 50% gacha oshirish bilan yakunlanishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, Kolumbiya hukumati amaldorlari va ularning yaqinlari uchun vizalar bekor qilinib, sayohat cheklovlari joriy etildi.

Kolumbiya iqtisodiyoti AQSh bilan savdoga kuchli bogʻliq boʻlgani sababli hukumat vaziyatni hal qilish maqsadida Trampning talablarini qabul qilishga qaror qildi. AQSh va Kolumbiya oʻrtasidagi savdo hajmi 2022 yilda 53,5 milliard dollarni tashkil etgan. AQShning Kolumbiyaga eksporti 28,7 milliard dollarga etgan boʻlsa, Kolumbiyadan import 24,8 milliard dollarni tashkil etgan.

Manba: azon.global
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiya hukumati Trampning talablariga rozi boʻldi