
Kollaj: “Daryo
AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazoni “tozalash” uchun falastinliklarni arab davlatlariga koʻchirishni taklif qilgandi. Eron bunag javoban isroilliklarni Grenlandiyaga koʻchirishni ilgari surddi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragʻchi Sky News nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Mening taklifim boshqacha. Falastinliklar oʻrniga isroilliklarni haydashga harakat qiling, ularni Grenlandiyaga olib boring, shunda bir oʻq bilan ikkita quyonni oʻldirasiz”, dedi Aragʻchi.
Vazir Isroilning AQSh koʻmagida Eronning yadroviy dasturiga ehtimoliy hujum qilishiga quyidagicha munosabat bildirdi:
“Biz yadro ob'ektlarimizga qilingan har qanday hujumga darhol va qat'iy javob berilishiga aniq ishora qildik. Lekin ular bunday ahmoqona ishga qoʻl uradi, deb oʻylamayman. Bu haqiqatan ham telbalik. Butun mintaqani juda katta falokatga olib keladi”, dedi vazir.
Amaldorning ta'kidlashicha, Tehron Trampning takliflarini tinglashga tayyor. Biroq, birinchi bitim bilan sodir boʻlgan voqealarni hisobga olgan holda, Eronni AQSh bilan boshqa bitim boʻyicha muzokaralarga kirishish zarurligiga ishontirish uchun ancha koʻp narsa talab etiladi. Gap yadroviy kelishuv haqida bormoqda.
2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya va Eron yadroviy kelishuvni – Eron yadroviy dasturiga cheklovlar evaziga sanktsiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi Qoʻshma keng qamrovli harakatlar rejasini imzoladi. AQSh Tramp prezidentligi davrida 2018 yilning may oyida ushbu kelishuvdan chiqqan va Tehronga qarshi sanktsiyalarni tiklagan. Bunga javoban Eron kelishuv boʻyicha oʻz majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, yadroviy tadqiqotlar, tsentrifugalar va uranni boyitish darajasidagi cheklovlardan voz kechishini e'lon qilgan.
Trampning falastinliklarni arab davlatlariga koʻchirish taklifi
AQSh prezidenti Donald Tramp Iordaniya, Misr va boshqa arab davlatlarini Gʻazo sektoridan qabul qilayotgan falastinlik qochqinlar sonini koʻpaytirishga chaqirdi. U buni Iordaniya qiroli Abdulla II bilan telefon orqali muloqotda muhokama qilganini aytdi. Prezident bu vaziyatda falastinlik qochqinlarga Gʻazo tashqarisida uy-joy qurish uchun ba'zi arab davlatlari bilan hamkorlikni afzal koʻrishini bildirdi.
HAMAS buning oʻrniga, falastinliklarning barcha huquqlarini, shu jumladan, poytaxti Quddus boʻlgan mustaqil davlat qurish huquqini amalga oshirishlari uchun ishlashni talab etdi.
Tramp Isroilga bombalar yuborishni tikladi
U Baydenning Isroilga 2000 funtlik bombalarni yuborish boʻyicha joriy etgan taqiqini bekor qildi. Bu Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urush paytida tinch aholi qurbonlari sonini kamaytirishga qaratilgan bosimni yoʻqqa chiqaradi. AQSh prezidenti taqiqni bekor qilish qarorini quyidagicha izohlamoqda:
"Ular bombalarni uzoq vaqtdan beri kutishayotgan edi. Chunki ularni sotib olishgan", deb javob berdi siyosatchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!