Astronomlar tomonidan oʻtgan yil dekabr oyida kashf etilgan 2024 YR4 asteroidi yer bilan toʻqnashishi mumkin. Olimlar buning ehtimolini 0,5 dan 6 foizgacha baholamoqda. Bu haqda “RIA Novosti”ga astronom, Ka-dar observatoriyasi ilmiy rahbari Stas Korotkiy ma'lum qildi.
Olim diametri 70 metrga etadigan asteroid 2032 yil 22 dekabrda sayyoramiz bilan toʻqnashishi mumkinligini aytdi. U mazkur prognoz 33 kunlik kuzatuvlarga asoslanganini bildirdi. Toʻqnashishi kutilayotgan asteroid Chelyabinsk meteoritidan 3-4 baravar katta.
Hisob-kitoblarga koʻra, qulash markaziy Afrika yoki Atlantika okeani hududida sodir boʻlishi mumkin. Oqibatda mahalliy falokat kuzatilishi, ya'ni 30 kilometr radiusdagi uylar buzilishi prognoz qilingan.
“Ayni paytda yer bilan toʻqnashish ehtimoli turli tuzilmalar tomonidan 0,5 dan 6 foizgacha baholanmoqda. Vaziyat rivojlanishining 16 ta variantidan bittasi, ya'ni 6 foizi toʻqnashuvni nazarda tutadi”, dedi Korotkiy.
Astronomning fikricha, toʻqnashuv ehtimoli haqidagi ma'lumotlardagi katta farq kuzatish vaqti qisqa boʻlgani va prognoz qilingan davr 8 yilga choʻzilgani bilan bogʻliq. 2028–2029 yillarda qoʻshimcha kuzatishlar orqali bunga aniqlik kiritiladi. Shu sababli, asteroidning yerga umuman tushmasligi ham ehtimolga yaqin.
Asteroidlar — Quyosh tizimidagi nisbatan kichik osmon jismlari boʻlib, ular asosiy yulduz atrofida harakatlanadi. Ular sayyoralardan farqli oʻlaroq, notekis shaklga ega va atmosferasi yoʻq, biroq yoʻldoshlari boʻlishi mumkin. Kichik asteroidlar Yer atmosferasiga kirganida yonib ketadi va meteoritlar deb ataladi. Katta asteroidlar yerr bilan toʻqnashganda katta zarar keltirishi mumkin. Masalan, 65 million yil oldin dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab boʻlgan hodisa asteroid zarbasi bilan bogʻlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar