Foto: Xinhua / Zuma / Global Look Press
Stokholm politsiyasi oʻz mashinasini Rossiya elchixonasi darvozasiga qarab haydab borgan erkakni qoʻlga oldi. U diplomatik vakolatxona hududiga «qoʻpol noqonuniy kirishga» urinishda gumon qilinmoqda, dedi 28 yanvar, seshanba kuni politsiya matbuot kotibi Daniel Vikdal.
Uning soʻzlariga koʻra, elchixona darvozasini buzib kirishga uringanidan keyin erkak mashinada oʻtirgan holda qolgan. Qoʻlga olingan shaxs taxminan 45 yoshda boʻlib, unga nisbatan dastlabki tergov ochilgan.
Rossiya elchixonasi: Ukraina fuqarosi ikki marta shunga oʻxshash harakatlar sodir etgan
Voqea ortidan Rossiyaning Stokholmdagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida gumonlanuvchi «Shvetsiyada doimiy istiqomat qiluvchi Ukraina fuqarosi» ekanligini yozdi. U elchixonaga ham, mahalliy politsiyaga ham yaxshi tanish, chunki u 2015 va 2018 yillarda shunga oʻxshash harakatlar sodir etgan, shundan soʻng u «ruhiy jihatdan noadekvat deb topilgan» va «Shvetsiya rasmiylari tomonidan tegishli davolanish uchun yuborilgan», deyiladi xabarda.
«Soʻnggi paytlarda u yana Stokholmdagi Rossiya xorijiy vakolatxonalariga qarshi provokatsion harakatlarni amalga oshira boshladi», deb yozadi rossiyalik diplomatlar. Ular bu shaxs ustidan politsiya va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligiga shikoyat qilganliklarini, ammo jiddiy chora koʻrilmaganini aytishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar