18:33 / 29.01.2025
25 337

AQSh 1000 nafarga yaqin Oʻzbekiston fuqarosini deportatsiya qiladi

AQSh 1000 nafarga yaqin Oʻzbekiston fuqarosini deportatsiya qiladi
Foto: Getty Images
AQShdan deportatsiya qilinadigan Oʻzbekiston fuqarolari soni 975 kishini tashkil etmoqda. Immigratsiya va bojxona xizmati 2024 yil noyabr oyidagi hisobotni tadqim etdi. Bu haqda Fox News'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Umumiy hisobda, turli davlatlardan 1 445 549 nafar chet el fuqarosi chiqarib yuboriladi. Ular hibsga olinmagan, biroq deportatsiya qilish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingan. Bundan tashqari, roʻyxatda allaqachon mavjud boʻlmagan davlatlar — SSSR va Yugoslaviya ham keltirilgan. Ushbu pasportlarga ega boʻlgan shaxslar aynan qaysi davlatga yuborilishi noma'lum.

Deportatsiya qilinadiganlar orasida Meksika (252 044), Gvatemala (253 413), Gonduras (261 651) va El-Salvador (203 822 kishi) etkachilik qilmoqda.

Xitoyning 37,908 nafar fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi yakuniy qaror bilan roʻyxatga kiritilgan. Shuningdek, roʻyxatda Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozogʻiston (369), Qirgʻiziston (319), Tojikiston (149) va Turkmaniston (40) fuqarolari ham bor.

AQShda hibsga olinmagan noqonuniy muhojirlar soni 2021 yilda 3,7 milliondan 2022 yilda qariyb 4,8 millionga, 2023 yilda esa 7 milliondan oshdi.

AQShda Immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari 28 yanvar kuni bir sutkada 1179 kishini hibsga oldi. Bu Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan beri noqonuniy muhojirlarni qoʻlga olish boʻyicha rekord koʻrsatkichdir.

Trampning migratsiya siyosati

AQSh prezidenti 21 yanvar kuni chegaradagi barcha noqonuniy oʻtish joylari yopilishini ta'kidladi. U AQSh janubiy chegarasi orqali noqonuniy migrantlarning kirishini taqiqlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Boshpana izlash bahonasi bilan u erda qolish huquqini chekladi.

Prezident Ichki xavfsizlik vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat departamentiga AQShga janubdan noqonuniy kirayotganlarni chiqarib yuborish choralarini koʻrishni topshirdi. Pentagon chegaraga qoʻshimcha 1,5 ming askar va vertolyotlar yuborilishini e'lon qildi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish uchun aviatsiya taqdim etiladi, ularning oqimi va noqonuniy savdosini toʻxtatish uchun vaqtinchalik va doimiy toʻsiqlar quriladi.

Meksika prezidenti AQShga borish uchun uning mamlakatiga kelayotgan noqonuniy migrantlar oʻz vatanlariga qaytarib yuborilishini aytdi. Meksika AQShdan noqonuniy migrantlarni olib kelayotgan harbiy transport samolyotini qabul qilishdan bosh tortdi.

The Washington Post gazetasi oʻz ixtiyoridagi hujjatga tayanib, Tramp Meksika bilan chegaraga qoʻshimcha 10 ming harbiy xizmatchini yuborish niyatida ekanini yozmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo