
Kiyev meri Vitaliy Klichko
Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko Vladimir Zelenskiyning atrofidagilar Ukraina poytaxtidagi hokimiyat muvozanatini izdan chiqarishga va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish tizimini yoʻq qilishga urinayotganini ma'lum qildi.
"Ukraina prezidentiga murojaat qilaman. Siz oliy bosh qoʻmondon sifatida urush va Ukrainani himoya qilishga e'tibor qaratayotgan bir paytda, atrofingizdagi odamlar siyosiy fitnalar bilan band. Bu jarayonlar esa tobora xavfli tus olmoqda. Kiyevda hokimiyat muvozanatini buzishga va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish tizimini yoʻq qilishga urinish kuzatilmoqda", deb yozdi Klichko oʻzining Telegram kanalida.
Uning aytishicha, Kiyev shahar harbiy ma'muriyatining yangi rahbari Timur Tkachenko shikastlangan uylar va infratuzilmani tiklash ishlarini toʻxtatib qoʻymoqda. Bu esa shahar boshqaruvini izdan chiqarmoqda va poytaxtning hayot ta'minotiga tahdid solmoqda.
"Shu bilan birga, u qonunni buzgan holda shahar meri, shahar kengashi va Kiyev shahar ma'muriyatining vakolatlarini oʻziga olishga urinmoqda. Men prezidentdan, konstitutsiya kafolatchisi sifatida, demokratiyaning asosi boʻlgan mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruv tizimining barbod boʻlishiga yoʻl qoʻymasligini soʻrayman", deya qoʻshimcha qildi Klichko.
2024 yil oktyabr oyida Klichko huquqni muhofaza qiluvchi organlarning koʻplab tezkor harakatlari mahalliy hokimiyat organlari va kommunal korxonalar ishini toʻsib qoʻyayotganini ma'lum qilgan.
Klichko 2023 yil oxirida Zelenskiyning harakatlari oqibatida Ukrainada mustaqil hokimiyat institutlari deyarli qolmaganini, mamlakat hamma narsa bir odamning kayfiyatiga bogʻliq boʻlgan avtoritarizmga qarab harakatlanayotganini aytgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar