AQShda davlat xizmatchilariga sakkiz oylik maosh toʻlash taklifi bilan ixtiyoriy ravishda ishdan boʻshash haqida xatlar yuborildi. Bu hukumatni qisqartirishga qaratilgan muhim qadam, deb yozmoqda BBC.
Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallagan zahoti “koronavirus davri” tugaganini e'lon qilib, pandemiya sabab uyda ishlashga oʻtgan xodimlarni ofislarga qaytarish haqida qaror chiqargandi. Endi esa ularga ixtiyoriy ravishda ishdan boʻshash taklif etilmoqda.
Millionlab amerikaliklar 6 fevralga qadar oʻz qarorlarini qabul qilishlari haqida rasmiy xat oldi. Agar ular ishdan boʻshashga rozi boʻlishsa, sakkiz oylik maosh va barcha imtiyozlar beriladi.
Tramp ma'muriyatining hisob-kitoblariga koʻra, 2 milliondan ortiq xodimning taxminan 10 foizi yoki 200 ming nafari ushbu taklifni qabul qiladi. Prezident tarafdorlarining fikriga koʻra, bu bitim hukumatga 100 milliard dollargacha mablagʻ tejash imkonini beradi.
Davlat xizmatchilari bilan ishlovchi boshqarma, qolishga qaror qilgan xodimlarning lavozimlari kelajakda qisqartirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
— Biz sizga oʻz lavozimingiz yoki idorangizda qolish boʻyicha toʻliq kafolat bera olmaymiz, ammo agar lavozimingiz tugatilsa, sizga hurmat va e'tibor bilan munosabatda boʻlishni ta'minlaymiz, — deyiladi rasmiy bildirishnomada. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar