Bir muddat oldin Vashingtonda yoʻlovchi samolyoti va harbiy vertolyot toʻqnashib ketgani va yoʻlovchi samolyoti bortida 64 kishi, harbiy vertolyotda esa 3 kishi boʻlgani aytilgan edi.
Hozirga qadar yoʻlovchi layneri qulagan daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi. FQB samolyot halokatida na jinoiy tuzilmalar, na terrorchilik tuzilmalari ishtirok etmaganligini bildirgan.
RIA nashri sport agenti Ari Zakaryanga tayanib, samolyot bortida figurali uchuvchilar va rossiyalik sobiq murabbiylar boʻlganini yozmoqda.
Amerikalik figurali uchuvchi Jon Maravilla esa halokatga uchragan samolyot bortida murabbiylarni hisobga olmaganda kamida 14 nafar figurali uchuvchi boʻlganini iddao qilgan.
«Ismlarini aytmoqchi emasman, lekin samolyotda ota-onalarini hisobga olmaganda 14 ga yaqin figurali uchuvchi va bir nechta murabbiy bor edi. Bu juda achinarli», – degan Jon Maravilla.
RIA manbasi, shuningdek, manbalariga tayanib, samolyot bortida boʻlgan ikki kishining ismini keltirgan: ular – 1994 yilda figurali uchish boʻyicha jahon chempionlari Evgeniya Shishkova va Vadim Naumov. Biroq ularning taqdiri haqida biror ma'lumot berilmagan.
Aytilishicha, ushbu aviahalokat AQShda soʻnggi 15 yildagi eng halokatlisi boʻlishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar