09:25 / 31.01.2025
278

Tramp dollardan voz kechgan davlatlarga qanday choralar koʻrmoqchi?

Tramp dollardan voz kechgan davlatlarga qanday choralar koʻrmoqchi?
AQSh prezidenti Donald Tramp xalqaro savdoda dollarga muqobil valyuta yaratishga uringani uchun BRIKS mamlakatlariga 100 foiz boj joriy etish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda u oʻzining Truth Social tarmogʻida yozdi.

Foto: GROK
“Biz, chamasi dushmanona munosabatda boʻlgan bu mamlakatlardan BRIKSning yangi valyutasini yaratmaslik va qudratli AQSh dollarini almashtirish uchun boshqa hech qanday valyutani qoʻllab-quvvatlamaslik majburiyatini olishlarini talab qilamiz”, dedi AQSh prezidenti.

Bojlarni joriy etishdan tashqari, Tramp BRIKS mamlakatlarining tovarlari uchun Amerika bozorini yopib qoʻyish bilan ham tahdid qildi.

Yaqinda u BRIKS mamlakatlariga nisbatan savdo bojlarini joriy etish bilan tahdid solgandi. Oʻshanda gap AQShdagi BRIKS mamlakatlari korxonalari uchun bojlar haqida borgandi.

Putinning dollarga munosabati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRIKS sammitida dollar jahon moliyasining eng muhim vositasi boʻlib qolayotganini tan olgandi. Biroq u Amerika valyutasidan siyosiy maqsadlarga erishish uchun foydalanishni “katta xato” deb atagan. Siyosatchi AQSh soʻnggi 10 yil ichida dollar jahon valyutasi boʻlgani tufayli “havodan” 12 trillion dollar olganini aytgan.

"Ekspertlarimizning ma'lumotlariga koʻra, men ularga toʻliq ishonaman, dollar jahon valyutasi boʻlgani sababli, Qoʻshma Shtatlar soʻnggi oʻn yil davomida shunchaki, yoʻqdan 12 trillion dollar qoʻlga kiritgan", degan u.

Kreml rahbar dollardan voz kechish rejalashtirilmaganini ma'lum qilgan.

BRIKS 2006 yilda Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya tomonidan tashkil etilgan davlatlararo ittifoq hisoblanadi. 2011 yilda unga Janubiy Afrika Respublikasi ham qoʻshilgan. 2024 yil boshidan boshlab Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Saudiya Arabistoni ham BRIKSga qoʻshildi. Indoneziya, Malayziya va Tailand BRIKS'ning hamkor davlatlari qatoriga qoʻshildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo