15:14 / 31.10.2016
9 050

450 nafar evarasi bor 130 yashar ayol uzoq umr ko‘rish sirini ochdi

450 nafar evarasi bor 130 yashar ayol uzoq umr ko‘rish sirini ochdi

Turkiyaning Diyorbakir shahrida istiqomat qiluvchi Shaxi Tayyurak momoning hozirda 450 nafar evarasi bor. Uning 7 nafar farzandi bo‘lib, katta o‘g‘li 96 yoshda. Onaxonning aniq yoshi ma’lum emas. Katta o‘g‘lining aytishicha, onasi taxminan 130 yoshlarda. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Biroq uning hujjatiga noto‘g‘ri yozilgan. Ya’ni hijriy yil hisobidan Grigoryan taqvimiga o‘tishda chalkashlik bo‘lgan va uning hujjatiga 1919 yil 1 iyul sanasida tug‘ilgani qayd etilgan. Qizig‘i shundaki, bu paytda ayolning 5 nafar farzandi bo‘lgan. Keyingi tug‘ilgan qizining pasportiga 06.01.1926 sanasi yozilgan.

Hozirda ayol o‘zini juda tetik his qilmoqda, xotirasi ham joyida. Uzoq umr ko‘rish sirlaridan biri sifatida u ertalab yaxshi nonushta qilishni aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 450 nafar evarasi bor 130 yashar ayol uzoq umr ko‘rish sirini ochdi