date
views 230

Bundestag Ukrainaga yordam koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi

Bundestag Ukrainaga yordam koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi
Bundestag 31 yanvar, juma kuni Erkin demokratik partiya (ErDP) taklif etgan rezolyutsiyani qabul qildi, unda Germaniya federal hukumatini byudjet qoʻmitasiga kelgusida uch milliard yevrogacha boʻlgan «favqulodda xarajatlar» toʻgʻrisidagi qonun loyihasini «zudlik bilan» kiritishga chaqirdi.

ErDP, Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) taklifni qoʻllab-quvvatladi.

Foto: Michael Kappeler/dpa/picture alliance
Oʻng populist "Germaniya uchun muqobil" (GuM), Soʻl partiya va "Sara Vagenknext ittifoqi" qarshi ovoz berdi, hukmron Sotsial-demokratik partiya (GSDP) va "Alyans 90"/"yashillar" betaraf qoldi.

Bundestag Ukrainaga yordam koʻrsatish boʻyicha bir qarorga kelolmadi

Ukrainaga yordam koʻrsatish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratish masalasi boʻyicha partiyalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar 30 yanvarga oʻtar kechasi Germaniya Bundestagi sessiyasining muddatidan oldin tugatilishiga olib kelgandi.

Erkin demokratik partiya (ErDP)ning byudjetdan tashqari xarajatlar uchun 3 milliard yevrogacha mablagʻ ajratish taklifi atrofidagi munozaralar taxminan soat 00:30 da parlament oʻz kvorumini yoʻqotishi bilan yakunlandi: ErDP taklifi boʻyicha ovoz berishda atigi 320 nafar parlament a'zosi ishtirok etdi. Kvorumga erishish uchun parlamentning 733 a'zosining yarmidan koʻpi hozir boʻlishi kerak.

Oxir-oqibat, "90-alyans"/"Yashillar" partiyasidan Bundestag raisi oʻrinbosari Katrin Gyoring-Ekkardt karbonat angidrid tashlamalari narxi boʻyicha rejalashtirilgan muhokama kun tartibida qolgan boʻlsa-da, yalpi majlisni erta yopishga qaror qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bundestag Ukrainaga yordam koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi