15:00 / 01.02.2025
342

Rossiya Tramp tahdidlaridan keyin «BRIKS valyutasi» gʻoyasidan uzoqlashdi

Rossiya Tramp tahdidlaridan keyin «BRIKS valyutasi» gʻoyasidan uzoqlashdi
Foto: Getty Images
BRIKS mamlakatlari yagona valyuta yaratish masalasini muhokama qilmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 31 yanvar, juma kuni AQSh prezidenti Donald Trampning xalqaro toʻlov vositasi sifatida AQSh dollaridan voz kechganlik uchun 100 foizlik bojlar joriy etish boʻyicha tahdidi fonida ma'lum qildi.

«BRIKS umumiy valyuta yaratish haqida gapirmayapti. BRIKS uchinchi mamlakatlarga sarmoya kiritish, oʻzaro investitsiyalar va hokazolarga imkon beradigan yangi qoʻshma investitsiya platformalarini yaratish haqida gapirmoqda», deb tushuntirdi Kreml. Peskov ekspertlarni BRIKS kun tartibini Oq uy rahbariga «batafsilroq» tushuntirishga chaqirdi.

AQSh prezidenti BRIKSga tahdid qildi

Tramp 30 yanvar kuni yana BRIKS mamlakatlariga 100 foizlik bojlar joriy qilish va agar ular AQSh dollaridan xalqaro toʻlov vositasi sifatida voz kechishsa, AQSh bozorini yoʻqotishi ehtimoli bilan tahdid qildi. Oq uy rahbari ushbu mamlakatlardan BRIKSning yangi valyutasini yaratmaslik yoki dollar oʻrnini bosuvchi boshqa valyutani qoʻllab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qildi. Respublikachilar birinchi marta 2024 yilning noyabrida BRIKSga yuqori tariflar qoʻyish bilan tahdid qilgan edi.

Ayni paytda, Hindiston Trampning soʻzlari fonida, xalqaro toʻlov vositasi sifatida dollarni almashtirishni rejalashtirmaganini ta'kidladi. «Dollar masalasida, dedollarizatsiya masalasida, bizning tashqi ishlar vazirimiz bizda bunday siyosat yoki strategiya yoʻqligini aniq aytdi», — deya Nyu-Dehlidagi TIV vakilining soʻzlaridan iqtibos keltirgan Reuters.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo