22:28 / 01.02.2025
72

Arab davlatlari Trampning “Gʻazoni tozalash” gʻoyasini rad etdi

Arab davlatlari Trampning “Gʻazoni tozalash” gʻoyasini rad etdi
Arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari AQSh prezidenti Donald Trampning Misr va Iordaniyaga Gʻazo sektori aholisini koʻchirish haqidagi chaqirigʻiga qarshi yagona pozitsiyani bildirgan holda, falastinliklarni har qanday vaziyatda ham oʻz erlaridan koʻchirishni qat'iyan rad etishdi.

Qohiradagi uchrashuvdan soʻng Misr, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Falastin va Arab davlatlari ligasi TIV rahbarlari hamda rasmiy vakillari qoʻshma bayonotda bunday qadam mintaqadagi barqarorlikka tahdid solishi, mojaroni kengaytirishi va tinchlik istiqbollariga putur etkazishini ta'kidlashdi.

"Biz falastinliklarning ajralmas huquqlariga, xoh koʻchmanchilik faoliyati, aholi koʻchirish yoki erlarni qoʻshib olish orqali boʻlsin, xoh erlarni egalaridan tortib olish orqali boʻlsin, har qanday shaklda yoki har qanday vaziyatda yoxud bahona bilan xavf solishga har qanday urinishlarni qabul qilmasligimizni tasdiqlayamiz", deyiladi qoʻshma bayonotda.

Ular ikki davlat toʻgʻrisidagi qaror asosida Yaqin Sharqda adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishish uchun Tramp ma'muriyati bilan hamkorlik qilishga umid bildirdilar.

Uchrashuv oʻtgan hafta Tramp Gʻazoni 15 oylik Isroil bombardimonlaridan soʻng “vayron boʻlgan joy” deb atab, Misr va Iordaniya u erdagi falastinliklarni qabul qilishi kerakligini aytganidan keyin boʻlib oʻtdi. Bu bombardimonlar tufayli 2,3 million aholining aksariyati boshpanasiz qolgan edi. Tanqidchilar Trampning taklifini etnik tozalashga tenglashtirishdi.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Misr Gʻazo aholisining koʻchirilishiga yordam berishi haqidagi gʻoyani rad etdi.

Shundan soʻng Tramp bu gʻoyani yana takrorlab, “Misr va Iordaniya buni amalga oshirmoqchi” ekanini aytdi.

"U, shubhasiz, AQShning Misr va Iordaniyaga koʻrsatayotgan katta yordamini, jumladan harbiy yordamni nazarda tutgan", deb yozadi Al Arabiya.

Iordaniyada allaqachon bir necha million falastinlik yashaydi, oʻn minglab falastinliklar esa Misrda istiqomat qiladi.

Arab vazirlari, shuningdek, Misrning BMT bilan hamkorlikda Gʻazo hududini qayta tiklashga bagʻishlangan xalqaro konferentsiya oʻtkazish rejalarini ma'qulladilar. Konferentsiyaning aniq sanasi hozircha belgilanmagan.

Tramp Gʻazoni “tozalash” uchun falastinliklarni arab davlatlariga koʻchirishga chaqirdi

AQSh prezidenti avvalroq Iordaniya, Misr va boshqa arab davlatlarini Gʻazodan qabul qilayotgan falastinlik qochqinlar sonini koʻpaytirishga chaqirgan edi. Tramp fikricha, urushdan xarob boʻlgan hududni “tozalash” uchun aholining etarli qismini koʻchirish kerak. U buni Iordaniya qiroli Abdulla II bilan telefon orqali muloqotda muhokama qilganini aytgan.

"Men u odamlarni qabul qilishini xohlardim. Misr ularni qabul qilishini istardim. Ehtimol, 1,5 million kishi haqida gap ketyapti. Biz shunchaki tartib oʻrnatib, hammasi ortda qoldi, deymiz", dedi u.

Shu bilan birga, u Iordaniya qirolini koʻplab falastinlik qochqinlarni qabul qilgani uchun maqtadi.

"Biror narsa boʻlishi kerak. Ammo hozir bu tom ma'noda vayronalar makoni. Deyarli hamma narsa vayron qilingan, odamlar oʻlib ketyapti", deya Tramp Gʻazo sektoridagi hozirgi vaziyatni nazarda tutdi.

U bu vaziyatda falastinlik qochqinlarga Gʻazo tashqarisida uy-joy qurish uchun ba'zi arab davlatlari bilan hamkorlikni afzal koʻrishini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo