00:54 / 02.02.2025
0

AQSh Federal zaxira tizimining sobiq maslahatchisi josuslik ishi boʻyicha hibsga olindi

AQSh Federal zaxira tizimining sobiq maslahatchisi josuslik ishi boʻyicha hibsga olindi
Foto: Getty Images
AQShda Xitoy foydasiga tijoriy sirlarni oʻgʻirlashda ayblangan Federal zaxira tizimining (FZT) xalqaro moliya boʻlimi sobiq katta maslahatchisi Jon Garold Rojers Xitoy hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi xabar berdi.

Bayonotda ta'kidlanishicha, Jon Garold Rojers regulyatorga yolgʻon ma'lumot taqdim etgan va oʻz navbatida davom etayotgan tergovga sezilarli ta'sir koʻrsatgan. Rojers iqtisod boʻyicha doktorlik darajasiga ega AQSh fuqarosi boʻlib, 2010 yildan 2021 yilgacha FZT katta maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma'lum qilinishicha, u oʻzlarini Xitoy universiteti aspirantlari sifatida tanishtirgan maxsus xizmat xodimlariga maxfiy ma'lumotlarni taqdim etgan.

Rojers ulashgan ma'lumotlardan Xitoyga AQSh bozorini manipulyatsiya qilish imkonini berishi mumkin edi. Ta'kidlanishicha, AQShning iqtisodiy siyosati, jumladan, foiz stavkalarining oʻzgarishi toʻgʻrisida dastlabki ma'lumotlarga ega boʻlish Xitoyga Qoʻshma Shtatlarning qimmatbaho qogʻozlari va obligatsiyalarini xarid qilish yoki sotishda ustuvorlik taqdim etishi mumkin boʻlgan.

Tergov versiyasiga koʻra, Rojers kamida 2018 yildan boshlab FZTdagi mavqeidan foydalanishga kirishgan. Sobiq maslahatchi Xitoydagi mehmonxonalarda sheriklari bilan «dars» bahonasida uchrashgan va ularga maxfiy tijoriy ma'lumotlarni berib kelgan.

Rojers sud tomonidan aybdor deb topilgudek boʻlsa, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 5 million dollar jarimaga tortilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo