18:09 / 02.02.2025
252

NATO bosh kotibi ehtimoliy urushga tayyorlanishga chaqirdi

NATO bosh kotibi ehtimoliy urushga tayyorlanishga chaqirdi
Foto: Reuters
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Germaniyani mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish va qurol-yarogʻ ishlab chiqarishni koʻpaytirishga chaqirdi. U alyans ehtimoliy urushga tayyorlanishi kerakligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Alyans bosh kotibi Germaniyaning Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatish borasidagi harakatlarini alohida ta'kidladi. NATOga a'zo boʻlgan hech bir Evropa davlati Kiyevni Berlinchalik qoʻllab-quvvatlamaydi, dedi u.

Germaniya iqtisodiyotining miqyosini hisobga olgan holda, tabiiyki, ularning koʻproq harakat qilishini xohlaymiz. Ishonchim komilki, Germaniya oʻzining qurol kompaniyalari va innovatsion salohiyati bilan ishlab chiqarishni koʻpaytirishi kerak boʻladi. Germaniya harbiy xarajatlarini oshirishi zarur, bu muqarrar”, dedi Ryutte.

Rossiya va Xitoydan “tahdid”

NATO bosh kotibi mudofaa xarajatlarini oshirish yaqin oylarda koʻplab Evropa mamlakatlarida munozara mavzusiga aylanishini aytdi. U oʻz chaqirigʻini, Rossiya tomonidan tahdid bilan izohladi.

“Sizlarga ochiq aytyapman: biz urushga tayyorlanishimiz kerak. Bu urushdan qochishning eng yaxshi usuli”, deb tushuntirdi u.

Ryutte xavfli vaziyat Xitoy bilan ham yuzaga kelayotgani, chunki Pekin oʻz harbiy salohiyatini oshirayotganini ta'kidladi.

Tramp mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirishga chaqirdi

Yanvar oyi boshida AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp NATO davlatlari yillik mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishi kerakligini aytgandi. U Vashingtonning alyansning jamoaviy himoya tizimidagi ishtirokini toʻxtatish bilan tahdid qilgan.

Evropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas va Evropa Ittifoqi kengashida raislik qilayotgan Polsha bosh vaziri Donald Tusk bu chaqiriqni qoʻllab-quvvatlagan. Tramp birinchi prezidentlik davrida Evropa davlatlaridan mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 foizigacha oshirishni talab qilgandi.

Germaniya ikki foizlik maqsadni amalga oshirdi, ammo Evropa ittifoqining ettita davlati hali ham bu koʻrsatkichga erisha olmadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo