21:07 / 02.02.2025
116

Vladimir Putin: Tramp Evropa elitasi orasida tezda «tartib oʻrnatadi»

Vladimir Putin: Tramp Evropa elitasi orasida tezda «tartib oʻrnatadi»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Evropaning etakchi rahbarlari AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenni afzal koʻrganini va Donald Tramp saylovlarda gʻalaba qozonganidan soʻng sarosimaga tushib qolishganini ta'kidladi. Putinning fikriga koʻra, Oq uyning yangi rahbari tezda «tartib oʻrnatadi».

— Tramp ayrim masalalar, xususan, gender siyosati va boshqa yoʻnalishlarda tamoman boshqacha qarashlarga ega. Ishonch bilan ayta olamanki, u oʻz xarakteri va qat'iyati bilan vaziyatni tezda oʻzgartirib yuborishi mumkin. Juda qisqa muddat ichida hamma narsa oʻz joyiga qaytadi, — dedi Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari Evropa Ittifoqi davlatlari etakchilari oʻz manfaatlarini himoya qilishda oldingi rahbarlardek jasur emasligini qayd etdi. Putinning ta'kidlashicha, EI siyosatchilari muqobil gʻoyalarga cheklov qoʻyayotgani uchun ularni «siyosiy tirmizaklar» deb atash mumkin.

Tramp lavozimga kirishgach, Evropa Ittifoqi davlatlari mahsulotlariga boj toʻlovlari joriy etilishini e'lon qildi. Uning ta'kidlashicha, AQSh Evroittifoq avtomobillari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olmaydi, biroq Evropa «millionlab» oʻz mashinalarini Amerika bozoriga etkazib bermoqda.

Tramp bu vaziyatni «ulkan savdo defitsiti» deb baholab, iqtisodiy muvozanatni tiklash uchun choralar koʻrish niyatida ekanligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo