23:12 / 02.02.2025
44

Valensiyada norozilik namoyishi: Mintaqa hukumati iste'fosi talab qilinmoqda

Valensiyada norozilik namoyishi: Mintaqa hukumati iste'fosi talab qilinmoqda
Valensiyada minglab ispan fuqarolari norozilik namoyishiga chiqib, mintaqa rahbari Karlos Mazon va uning hukumati iste'fosini talab qilishdi. Ular 2024 yil oktyabr oyida yuz bergan suv toshqini vaqtida zarur choralar koʻrilmagani va oʻz vaqtida favqulodda ogohlantirish berilmagani uchun hukumatni ayblamoqda. Ofat natijasida yuzlab insonlar halok boʻlgan.

Bu Valensiyada oʻtgan yil oktyabridan buyon boʻlib oʻtayotgan toʻrtinchi yirik norozilik namoyishi boʻldi. Tadbirda 25 mingga yaqin inson ishtirok etgan.

Karlos Mazon ispan jamiyati tomonidan qattiq bosimga uchragan. Namoyishchilar hukumatiga nisbatan jiddiy tanqidlar bildirib, fuqarolar ofat haqida shahar koʻchalarini suv bosgandan keyingina ogohlantirilganini ta'kidlamoqda. Ularga koʻra, favqulodda holat haqidagi xabarlar mobil telefonlar orqali kechiktirilgan holda etkazilgan.

Konservativ Xalq partiyasi vakili boʻlgan Mazon tabiiy ofatga qarshi oʻz vaqtida chora koʻrmaganlikda ham ayblanyapti. Ma'lumotlarga koʻra, jabrlanganlarga dastlab koʻngillilar yordam bergan, hukumat esa politsiya va harbiy kuchlarni jalb qilishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan.

Mazon esa bu tanqidlarga javoban tabiiy ofat miqyosini oldindan aniqlash mumkin emasligini va mintaqaviy hukumat markaziy hukumatdan etarli ma'lumot olmaganini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, 30 oktyabr kuni Valensiyaning ayrim hududlarida bir necha soat ichida bir kvadrat metrga 300 litrdan ortiq yomgʻir yogʻgan. Ayniqsa, Chiva qishlogʻida bu koʻrsatkich 491 litrga etgan, bu esa butun yillik yogʻingarchilik miqdoriga tengdir. Kuchli suv oqimi koʻpriklarni vayron qilgan, odamlar, mashinalar va hatto uylarni surib ketgan.

Suv toshqinidan eng katta zarar koʻrgan hududlardan biri – Valensiya chekkasida joylashgan Payporta shahrida, hukumat rasmiylari tashrifi paytida, mahalliy aholi tomonidan norozilik namoyishi uyushtirildi. Hatto ayrim namoyishchilar Ispaniya qiroli Filipp va qirolicha Letisiyaga loy otgan holatlar ham qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo