14:09 / 03.02.2025
150

Qoʻshma Shtatlar Panama hukumatiga qanday talab qoʻydi?

Qoʻshma Shtatlar Panama hukumatiga qanday talab qoʻydi?
Foto: Shutterstock
Panama prezidenti Xose Raul Mulino AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralardan soʻng mamlakat “Bir makon — bir yoʻl” tashabbusi doirasida Xitoy bilan oʻzaro anglashuv memorandumini davom ettirmasligini aytdi. Bu haqda PBS xabar berdi.

Muzokaralarda Panama kanalini AQSh kuch bilan qaytarib olishi boʻyicha tahdid qilinmagan.

“Lekin AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning kanal hududidagi mavjudligi suv arteriyasini 1999 yilda Panamaga topshirish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlarini buzadi, degan qarorga kelgan. Chunki kelishuv kanalning doimiy neytralligini ta'minlashni koʻzda tutadi”, dedi Panama prezidenti.

Rubio Panama rahbariga AQSh prezidenti Xitoyning mintaqaga ta'siri ostida Panama kanalidagi status-kvoni saqlanib qolishini istamasligini aytdi. U Panamadan Xitoyning kanalga ta'sirini kamaytirish choralarini koʻrishni talab qildi. Aks holda AQSh ikki davlat oʻrtasidagi kanalni ekspluatatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq zarur choralarni koʻradi.

“Mening hukumatim 2017 yilgi "Bir makon — bir yoʻl" tashabbusi boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini uzaytirmaydi”, degan qarorga keldi Xose Raul Mulino.

AQSh 1914 yilda uzunligi 82 kilometr boʻlgan kanal qurilishini yakunladi, ammo 1999 yilda sobiq prezident Jimmi Karter tomonidan imzolangan shartnomaga koʻra uni Panamaga qaytarib berdi. Bu qadamni Tramp “ahmoqona” deb atamoqda.

“Bir makon — bir yoʻl” Xitoyning “Ipak yoʻli iqtisodiy kamari” va “XXI asr dengiz ipak yoʻli” loyihalarini birlashtirish boʻyicha 2013 yilda ilgari surilgan tashabbusidir.

Maqsad — koʻproq mamlakatlar ishtirokidagi xalqaro savdo-investitsiya loyihalarini faollashtirish va manfaatdor davlatlar sarmoyasidan foydalanish, shuningdek, iqtisodiy hamkorlik va savdoni kuchaytirish uchun infratuzilmani rivojlantirish.

“Bir makon — bir yoʻl” tashabbusi Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Evropaga tovarlarni tez va arzon tashish uchun quruqlik va dengiz savdo yoʻllarini birlashtirishni nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo