20:56 / 03.02.2025
237

Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarni qachon boshlamoqchi?

Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarni qachon boshlamoqchi?
Vladimir Zelenskiy AP agentligiga bergan intervyusida Rossiya bilan muzokaralarni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin boshlashni rejalashtirayotganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Tramp bilan gaplashganimizdan soʻng rossiyaliklar bilan qandaydir muhokama formatiga oʻtishimiz kerak. Men AQSh, Ukraina va rossiyaliklarning muzokara stoliga oʻtirishini istardim", — dedi Zelenskiy.

Zelenskiyning qayd etishicha, Kiyev Oq uy bilan aloqada, biroq munozaralar hamon umumiy xarakterga ega. U Ukraina va AQSh vakillari oʻrtasida batafsil kelishuvlarni ishlab chiqish boʻyicha uchrashuvlar yaqin kelajakda boʻlib oʻtishiga umid bildirdi.

Shu bilan birga, u AQShning Ukrainaga maxsus vakili Kit Kellogning tashrifi “huquqiy sabablarga koʻra” qoldirilganini ma'lum qildi. Zelenskiy, shuningdek, Gʻarb davlatlari tomonidan Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish gʻoyasini xavfsizlikning etarli kafolati deb hisoblamasligini ta'kidladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo