07:25 / 04.02.2025
222

Tramp: AQSh oʻz yordami evaziga Ukrainadan nodir metallar olishni xohlaydi

Tramp: AQSh oʻz yordami evaziga Ukrainadan nodir metallar olishni xohlaydi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina hukumati bilan oʻzaro kelishuv tuzish niyatida ekanini ma'lum qildi. Unga koʻra, Kiyev nodir metallari evaziga Amerika yordamini qabul qilishni boshlaydi.

«Biz Ukraina bilan kelishuv tuzish harakatidamiz, uning doirasida nodir metallar va boshqa narsalar evaziga oʻz yordamimiz bilan ta'minlashni davom etamiz», — deydi Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan muloqotida.

Shuningdek, suhbat davomida Tramp Rossiya—Ukraina urushini hal qilish masalasida «katta siljish» borligini bildirgan. Ammo u boshqa biror tafsilotni ochiqlamagan.

Financial Times ma'lumotlariga koʻra, Ukraina hukumati oʻzining «gʻalaba rejasi»ni tayyorlashda Donald Tramp AQSh prezidentiga aylanishini inobatga olib ikkita band qoʻshgan. Ulardan birida Ukraina muhim tabiiy resurslarini gʻarb davlatlari bilan boʻlishishi, ikkinchisida esa urush tugaganidan ukrainlar Amerikaning Evropadagi ayrim qoʻshinlari oʻrnini egallashi koʻzda tutilgan.

Donald Tramp 3 fevral kuni oʻz ma'muriyati Ukraina va Rossiya bilan muzokaralar hamda uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Ukrainaning «Suspilne» telekanaliga koʻra, mamlakat Tramp ma'muriyati bilan uchrashuv jadvalini kelishmoqda. NV nashrining yozishicha, fevral oʻrtalarida Kiyevga Trampning Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kellog kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo