Foto: Videodan kadr
Suriyaning sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad ash-Shaar mamlakatning yangi hukumatiga oʻzini topshirdi. IIVning sobiq rahbari kuch tuzilmalari bilan oʻz ixtiyoriga koʻra bogʻlangan, deb xabar beradi Al-Arabiya.
Muhammad ash-Shaar 1950 yilda Latakiya viloyatida tugʻilgan. 2011 yildan 2018 yilga qadar Suriya ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Unga qadar harbiy politsiya boshligʻi boʻlgan. Ma'lumotlarga koʻra, sobiq vazir 2008 yilda Sednaya qamoqxonasidagi isyonni bostirishga aloqador boʻlib, hodisa oqibatida 20 dan ortiq mahbus oʻldirilgan edi.
Muhammad ash-Shaar 2011 yil oʻrtalaridan buyon Gʻarb sanktsiyalari ostida. Suriya IIVning sobiq rahbari Al-Arabiya telekanaliga vazir lavozimida oʻtirganida qonunni buzmaganini ma'lum qilgan.
Avvalroq Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qoʻlga olingandi. U Asad davrida Dar'o viloyati siyosiy xavfsizlik boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Ta'kidlanishicha, qoʻlga olingan shaxs Suriya xalqiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqador insonlardan biri hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, 8 dekabr kuni Suriyada hokimiyat tepasiga «Hay'at Tahrir ash-Shom» guruhi keldi. 10 dekabr kuni Muhammad al-Bashir oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini e'lon qildi. Bashar Asad esa mamlakatdan Rossiyaga qochib ketdi. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga koʻra, Asad oilasiga boshpana berish qarorini shaxsan Putinning oʻzi qabul qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar