Amerikaning Jorjiya shtatida yashovchi Vinsent Barrell itlarni urishtirish bilan shugʻullangani va hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda boʻlgani uchun 475 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi NBC News.
Hayvonlarga qarshi jinoyatlar boʻyicha davlat prokurori Jessika Rok bu it urishtirish bilan bogʻliq belgilangan eng uzoq qamoq muddati hisoblanishini ma'lum qildi.
Foto: Paulding County Sheriff
Jinoyat ishi 2022 yilda qoʻzgʻatilgan. Oʻshanda kurer politsiyaga oʻzi buyurtmani etkazib bergan Atlanta yaqinidagi uylarning birida bir qancha itlar zanjirband saqlanayotganini ma'lum qilgan. Shundan keyin politsiya xodimlari tintuv oʻtkazgan va 107 ta pitbulni aniqlagan. Prokuraturaga koʻra, itlarning ayrimlari juda ozib ketgan.
Vinsent Barrell tintuv kuniyoq hibsga olingan. Politsiya pitbullar it janglariga yuborilganini isbotlovchi dalillarni topgan. Jonivorlarning barchasi hayvonlarga yordam koʻrsatish jamgʻarmasiga topshirilgan. Veterinarlar itlarning ayrimlarida jangdan qolgan chandiqlar borligi va tishlarining ba'zilari olib tashlanganini tasdiqlagan.
AQSh Oliy sudi Vinsent Barrellni sud hay'ati qarori asosida 475 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Barrell it janglarini tashkil etish boʻyicha 93 ta hamda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun 10 ta band boʻyicha aybdor deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar