Donald Tramp Qoʻshma Shtatlarni BMT Inson huquqlari kengashi va BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ishlari agentligi (UNRWA) tarkibidan chiqarish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 4 fevral, seshanba kuni Oq uy matbuot xizmati, shuningdek, AFP va dpa agentliklari xabar berdi.
Foto: Getty images
Oq uy: BMTda «Amerikaga qarshi tarafkashlik» hukmron
AFP ta'kidlaganidek, Trampning farmoni AQShning BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YuNESKO)dagi ishtirokini qayta koʻrib chiqishni ham nazarda tutadi. Agentlik Oq uyning yangi kotibi Uill Sharfning BMT institutlarida «Amerikaga qarshi tarafkashlik» haqidagi gapidan iqtibos keltiradi.
«Umuman olganda, farmon mamlakatlar oʻrtasidagi katta tafovutlar va moliyalashtirish darajasidan kelib chiqib, AQSh tomonidan BMTga ajratilayotgan mablagʻlarni qayta koʻrib chiqishni talab qiladi», — deya qoʻshimcha qildi Sharf.
«Men doimo Birlashgan Millatlar Tashkilotining katta salohiyatga ega ekanligini his qilganman. Ammo hozir u bu salohiyatga mos kelmayapti, - dedi Donald Tramp hujjatni imzolar ekan. - U unchalik yaxshi ishlamayapti va u oʻz ishini qilmayapti».
AQSh UNRWA uchun eng yirik donor edi
Isroil 2023 yil 7 oktyabrda Hamasning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblaganidan soʻng, Jo Bayden davrida AQShning UNRWA'ni moliyalashtirishi 2024 yil yanvarida toʻxtatilgan edi. Shu bilan birga, AQShdan keyin yana oʻndan ortiq rivojlangan davlatlar, xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Avstraliya UNRWA'ni moliyalashtirishni toʻxtatdi. Kanada, Shvetsiya va Italiya toʻlovlarni bekor qildi, ammo keyinroq toʻlovlarni qayta boshladi.
Ilgari Qoʻshma Shtatlar UNRWA'ning eng yirik donori boʻlib, har yili 300-400 million dollar ajratgan. Trampning 2017-2021 yillardagi birinchi muddati davomida u UNRWA'ni moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻygan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar