12:29 / 05.02.2025
127

Dubay dunyodagi eng katta sun'iy orolni qurishni davom ettirmoqda

Dubay dunyodagi eng katta sun'iy orolni qurishni davom ettirmoqda
Dubay dunyodagi eng katta sun'iy orolni qurishni davom ettirishga kirishdi.

Birlashgan Arab Amirliklaridagi barcha tabiiy orollardan ham katta Jabal Ali sun'iy orolini barpo etish 2002 yilda boshlangan. Biroq iqtisodiy inqiroz tufayli loyiha 2008 yilda 15 yil muddatga muzlatib qoʻyilgan edi.

Endi orolni barpo etishni juda qisqa vaqt ichida — 2027 yilda tugatish maqsad qilingan.

Foto: Dubai Media Office
Dubayni 2040 yilgacha rivojlantirish bosh rejasiga koʻra, sun'iy orol 35 mingta oilaga moʻljallangan. Orol qirgʻoqlari uzunligi jami 110 kilometr, maydoni 13,4 kvadrat kilometr boʻlib, Maldiv poytaxti Maledan ikki baravar katta.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo