13:39 / 05.02.2025
527

Rossiya harbiylari jang maydonida ot minib yuribdi (video)

Rossiya harbiylari jang maydonida ot minib yuribdi (video)
Foto: Videodan kadr
Rossiya harbiylari jang maydonida zirhli texnikalarning katta yoʻqotishlari tufayli otlarga oʻta boshladi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Jurnalistlar ta'kidlashicha, Ukrainada Rossiya texnikasining yoʻqotishlari 15 mingtadan oshgan. Yangi texnika ishlab chiqarish esa ortda qolmoqda. Sovuq urush davridagi eski texnika zaxiralari 2024 yil oxirida tugab qolgan. Bu esa Rossiyaning ayrim harbiylarini oxir-oqibat otlarga oʻtishga majbur qilgan.

“Rossiya mexanizatsiyalashgan polklari yiliga 6000 ta zirhli texnikani yoʻqotmoqda. Bu Rossiya zavodlari uchun ularni oʻrnini toʻldirish imkoniyatidan ancha yuqori. Rossiya yiliga taxminan 200 ta yangi BMP-3 jangovar mashinasi va 90 ta yangi T-90M tanki, shuningdek, boshqa yangi zirhli mashinalar, jumladan, BTR-82 jangovar mashinalarini ishlab chiqaradi”, deyiladi xabarda.

Bunday “mexanizatsiyadan mahrum boʻlish” Rossiya piyodalarini Ukraina artilleriyasi oldida zaif qilib qoʻymoqda. Jurnalistlar bu Rossiya urushda magʻlub boʻlayotganini anglatmasligi, chunki Ukraina ham jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotganini aytdi.

“Rossiya armiyasi katta yoʻqotishlarga uchramoqda. Biroq ular koʻplab yoʻnalishlar boʻyicha oldinga siljishda davom etmoqda, bu erda Ukrainaning mudofaasi inson kuchining etishmasligi tufayli zaiflashgan va Rossiya shu joylarda oʻzining ustun kuchlarini jamladi”, deydi jurnalistlar.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo