![Rossiyalik harbiylar frontda eshaklardan foydalana boshladi (video)](/uploads/posts/2025-02/photo_2025-02-06_08-55-26202-ydwnzc9_.webp)
Rossiya armiyasi texnikalar bilan bogʻliq defitsitga yuzlashmoqda
Foto: Rus manbalari
Keng koʻlamli urush oʻzining toʻrtinchi yiliga yaqinlashar ekan, Rossiya armiyasida zirhli texnikalar taqchilligi ortib bormoqda. Buni tarmoqlarda muhokamalarni keltirib chiqargan tasvirlar tasdiqlaydi. Ularda oʻq-dorilarni tashish uchun frontdagi askarlarga eshaklar berilgani aks etgan.
![](/uploads/posts/2025-02/photo_2025-02-06_08-55-26-pu-yo356.webp)
Rossiyalik askar eshaklarga em bermoqda
Foto: Rus manbalari
Urushni yoritib boruvchi manbalarga koʻra, jonivorlar an'anaviy transport vositalari oʻrnini bosish uchun ishlatilmoqda. Eshaklar oʻq-dorilar va boshqalarni tashish, hatto qoʻshinlar harakatlanishi uchun xizmat qilishi mumkin. Rus askarlaridan biri mazkur holatga oʻz munosabatini quyidagicha izohlagan:
“Buni qabul qilish kerak. Qayerdan, nima uchun va qanday qilib — bilmayman. Lekin fakt shuki, bizga eshak berishdi”.
Shuningdek, u jonivor logistika maqsadlari uchun berilganini qoʻshimcha qilgan:
“Bu eshak ta'minot boʻlinmasi bilan birga joylashgan. Transport vositalari bilan bogʻliq muammolarimiz bor, yuk mashinalarimiz yoʻq qilinmoqda. Shunday qilib, endi bizda oʻq-dori tashuvchi tirik eshak bor. Bu koʻngillilarning xayriya yordami emas — bizning yuk mashinamiz ta'minot olib kelishga chiqib, eshaklar bilan qaytdi”.
Biroq ba'zi rus harbiy blogerlari eshaklar mahalliy tashabbus boʻlganini da'vo qildi. Ammo bu haqda birinchilarda boʻlib yozgan Krill Federov mudofaa vazirligi qaroriga tayanib, tashabbus yuqori qoʻmondonlikka tegishli ekanini aytdi.
“Jangchilarga oʻq-dorilarni etkazish uchun eshak berildi. Nima kutgan edingiz? Ayni kunlarda texnikalar etishmaydi”, deb yozadi u oʻz Telegram kanalida.
Avvalroq Ukrainada jang qilayotgan rus askarlari zirhli texnikalarning katta yoʻqotishlari tufayli otlarga oʻta boshlagani haqida xabar berilgandi.
Jurnalistlar ta'kidlashicha, Ukrainada Rossiya texnikasining yoʻqotishlari 15 mingtadan oshgan. Yangi texnika ishlab chiqarish esa kechikmoqda. Sovuq urush davridagi eski texnika zaxiralari 2024 yil oxirida tugab qolgan. Bu esa Rossiyaning ayrim harbiylarini oxir-oqibat otlarga oʻtishga majbur qilgan.
Rossiyaning Ukrainadagi yoʻqotishlari
Qurolli mojarolar ishtirokchilarining yoʻqotishlarini vizual dalillar asosida tasdiqlab boradigan ORYX portaliga koʻra, Rossiya tomoni keng koʻlamli urush boshidan buyon 3734 ta tank hamda 5443 ta piyoda jangovar mashinasidan ayrilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar