![Eronda yalangʻoch ayol politsiya mashinasi ustiga chiqdi (video)](/uploads/posts/2025-02/photo_2025-02-06_13-14-21-flgxr_ig.webp)
Foto: Videodan kadr
Eronda ayol “kiyinish qoidalariga qarshi norozilik” sifatida yalang‘och holda politsiya mashinasiga chiqdi. Bu haqda Son Dakika'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Voqea Eronning aholi soni boʻyicha ikkinchi oʻrindagi shahri Mashhadda sodir boʻlgan. Tasvirlarda ayolning patrul mashinasi kapotiga chiqib, ofitserlarga baqirgani va qoʻllarini koʻtarib old oynada oʻtirgani koʻrinadi. Ofitserlarning uni tushirishga urinishlariga qaramay, ayol joyidan qimirlamagan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalariga koʻra, ayol allaqachon hibsga olingan. Unga nisbatan ayblov e'lon qilinishi yoki qilinmasligi haqida rasmiy berilmagan.
Bu Eronda ayolning yarim yalangʻoch holda norozilik bildirgan birinchi holat emas. Jumladan, 2024 yil Tehrondagi Azod islom universiteti talabasi hijobni notoʻgʻri oʻragani uchun ta'qibga uchragach, kiyimlarini echib, universitet hududida yurgandi. Shundan soʻng politsiya xodimlari uni olib ketgandi.
Eronlik talaba Axu Daryaiy ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy davolanishga yuborilgan. Mustaqil manbalardan olingan ma'lumotlarga koʻra, ilgari talabaning ruhiyatida hech qanday muammo kuzatilmagan. Shunga qaramay, qiz kuchli ta'sir qiluvchi dorilar bilan davolanayotgani aytilmoqda.
Eronda ayollar sochlarini roʻmol ostiga yashirib, keng kiyim kiyishlari shart. Aprel oyidan boshlab Eron koʻchalarida hijobni toʻgʻri kiyishni nazorat qiluvchi “Basij” xodimlari soni sezilarli darajada oshgan. Universitetlar esa tashqi koʻrinishi qoidalarga mos kelmaydigan talaba qizlarni darsga kiritmaslik uchun yuzni tanish texnologiyasidan foydalanmoqda.
Hozirda Eron parlamentida hijob kiyish qoidalarini kuchaytiruvchi qonun koʻrib chiqilmoqda. Bir martalik qoidabuzarlik uchun taxminan 50 dollar jarima, takroran buzilgan taqdirda esa jarima miqdori 400 dollargacha oshadi. Eronda oʻrtacha ish haqi 200–250 AQSh dollarini tashkil etadi.
Eronning yangi prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon majburiy hijobni qoʻllab-quvvatlamaydi, ammo bu masalada — Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy kabi vakolatlarga ega emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar