date
views 641

Ryabkov: Rossiya AQSh bilan "qattiq savdolashishga" tayyor

Ryabkov: Rossiya AQSh bilan "qattiq savdolashishga" tayyor
© Sputnik / Vladimir Astapkovich
AQShga yangi prezident kelgani bilan biz oʻzimizni uning quchogʻiga tashlashga shoshilmayapmiz, Rossiya AQSh bilan "qattiq savdolashishga" tayyor, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov.

“Rossiya “joydagi” voqelikdan va oʻzining tarixiy va geografik asoslangan milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda AQSh bilan “qattiq savdolashish” rejimida muzokaralar olib borishga tayyor”, - dedi vazir oʻrinbosari.

Rossiya prezidenti oldin aytganidek, biz Gʻarb bilan teng huquqli hamkorlik qilishga intilgan edik. Lekin bizga quloq solishmadi, ehtimoli buni istashmadi va bizni raqib sifatida yoʻq qilishga va mutlaq kuchsizlantirishga harakat qilishdi.

Lekin Rossiya oʻzini tiklay oldi va dunyo geosiyosatiga etakchi oʻrinda qaytdi.

Bu, albatta, “Moskvani strategik magʻlubiyatga uchratmoqchi boʻlgan” hamda “qoidalarga asoslangan liberal-globalistik dunyo tartibi oʻrnatmoqchi boʻlgan” J. Bayden ma'muriyatiga ma'qul kelmadi, deb izoh berdi Ryabkov oʻz soʻzlariga.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp inauguratsiyaning ertasi kuni Rossiyaga oʻziga xos uslubda Rossiya bilan “kelishib olishni” taklif qilgan: “Bu bema'ni urushni darhol toʻxtating, aks holda menda sanktsiya kiritishdan boshqa chora qolmaydi!” Shundan soʻng AQSh prezidenti “Ukrainadagi mojaro oson yoki qiyin yoʻl bilan tugashi muqarrar ekanini, ammo u birinchisini afzal koʻrishni” ta'kidlagan edi.

Ayni damda Rossiya AQSh tomonidan Rossiya elchisi nomzodining tasdiqlanishini kutmoqda. Bir vaqtning oʻzida Tramp ma'muriyati tomonidan Rossiyada AQShning yangi elchisi nomzodi tayinlanishini ham mumkin. Hozirgi elchi Linn Treysi Bayden ma'muriyati tomonidan tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ryabkov: Rossiya AQSh bilan "qattiq savdolashishga" tayyor