![Parij prokuraturasi X ijtimoiy tarmogʻiga qarshi tergov boshladi](/uploads/posts/2025-02/65976de3db_oih-y-uoyr-skloewuj9aguqjxs31fs5.webp)
Foto: Getty Images
Parij prokuraturasi ehtimoliy «algoritmik xatoliklar» sabab X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻiga nisbatan tergov boshladi, deb xabar beradi France Info telekanaliga tayangan holda Kun.uz nashri.
Telekanal ma'lumotlariga koʻra, X tarmogʻiga nisbatan tergovlar «Respublika uchun birga» markazchi koalitsiyasi deputati Erik Botorelning arizasidan keyin boshlangan.
Botorel 12 yanvarda Parij kiberprokuraturasiga amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli ijtimoiy tarmoq algotirmlari toʻgʻri ishlamasligiga oid shikoyatni kiritgan. Ushbu algoritmlar, «ma'lumotlarni qayta ishlash tizimining avtomatlashtirilgan ishida xatolik keltirib chiqargan boʻlishi mumkin», deyiladi tergov bilan shugʻullanayotgan Parij prokuraturasi bayonotida.
«Sudyalar va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlinmasining mutaxassislari uni tahlil qilib, dastlabki texnik tekshiruvlarni oʻtkazmoqda», — deya ta'kidlanadi xabarda.
Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi akt doirasida 2023 yil dekabrdan beri X platformasiga nisbatan bir qancha tergovlar Evropa Ittifoqi darajasida davom etmoqda. OAV ma'lumotlariga koʻra, yanvar oyida Evrokomissiya X ga nisbatan dastlabki tergovini yakunlagan va tez orada koʻp millionlik jarimasini belgilaydi.
Shu bilan birga, Germaniya sudi Ilon Maskning platformasi saylovlar natijasiga ta'sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan axborotni kuzatish imkonini beradigan ma'lumotlarni taqdim etishi kerakligi boʻyicha qaror chiqargan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar