15:45 / 09.02.2025
633

Fransiyaning sobiq prezidentiga elektron braslet taqildi

Fransiyaning sobiq prezidentiga elektron braslet taqildi
Foto: AFP
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga telefon suhbatlarini maxfiy eshitish ishi boʻyicha sudlanganidan keyin elektron braslet taqildi. Le Monde yozganidek, bu sobiq davlat rahbari uchun misli koʻrilmagan chora.

Sarkozi endi faqat soat 8:00 dan 20:00 gacha, dushanba, chorshanba va payshanba kunlari esa soat 21:30 gacha uydan chiqishi mumkin. Shu kunlari u Liviya tomonidan oʻz prezidentlik kampaniyasini moliyalashtirish boʻyicha ochilgan ish yuzasidan sudda qatnashishi lozim.

Qayd etilishicha, Nikolya Sarkozining 2024 yilning 18 dekabrida «maxfiy eshitish» deb atalgan ish boʻyicha Fransiya Oliy sudiga bergan apellyatsiyasi rad etilib, unga nisbatan 1 yillik qamoq jazosi va uni elektron monitoring bilan almashtirish haqidagi hukm oʻzgarishsiz qoldirildi.

Sarkozi «hukmning mohiyatiga e'tiroz bildirishda davom etmoqda», dedi uning advokati Jaklin Laffon va «oy oxirigacha» ishni Inson huquqlari boʻyicha Evropa sudigacha olib borishini qoʻshimcha qildi. Biroq, bu hukmning ijrosiga toʻsqinlik qilmaydi.

Sobiq davlat rahbari ayni damda 2007 yilgi saylov kampaniyasini Liviya tomonidan noqonuniy moliyalashtirilganlikda gumon qilinib, 10 aprelgacha davom etadigan sud jarayonida qatnashmoqda.

Ta'kidlanishicha, Sarkozi 70 yoshdan oshgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan muayyan shartlarni bajarsa, brasletni olib tashlash uchun ariza berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo