![Ilon Mask “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi”ni yopishni koʻzlamoqda](/uploads/posts/2025-02/9e82487290_photo_2025-02-10_08-41-44-qqoy9deh.webp)
Kollaj: “Daryo”
Amerikalik milliarder Ilon Mask “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi”ni yopishga chaqirdi. Bu haqda u oʻzining X (sobiq Twitter) sahifasida yozdi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.
Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari hisoblanadi. Ushbu tuzilma ortiqcha me'yoriy hujjatlarni yoʻq qilish, amaldorlar va xarajatlarni qisqartirishga e'tibor qaratadi. Shundan kelib chiqib, milliarder “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi” soliqchilar pulini sarf qilayotganini aytdi.
“Ha, ularni yoping. Evropa endi ozod (boʻgʻuvchi byurokratiyani hisobga olmaganda). Ularni endi hech kim tinglayotgani yoʻq. Bu shunchaki oʻzi bilan gaplashayotgan aqldan ozgan radikal soʻlchilar boʻlib, ular amerikaliklarning soliqlaridan yiliga 1 milliard dollarni sarf qilmoqda”, deb yozdi milliarder X sahifasida.
Mask avvalroq AQSh hukumati Politico, The New York Times (NYT) gazetalari va Associated Press (AP) agentliklarini moliyalashtirishni toʻxtatishini aytgandi. Bunga AP Davlat departamentidan 620 ming dollar, NYT Sogʻliqni saqlash vazirligi va ijtimoiy xizmatlardan “oʻnlab million dollar” olgani sabab qilib koʻrsatilgan.
Oq uy moliyalashtirish USAID orqali amalga oshirilganini ma'lum qilgan. Politico bunga javoban “hech qachon davlat dasturlari yoki subsidiyalarining benefitsiari boʻlmaganini” ta'kidlagan.
“Politico gazetasi demokratlar haqidagi ijobiy maqolalari uchun USAIDdan 8 million dollar olgan, degan AQSh prezidenti.
Trampning qoʻshimcha qilishicha, “bu tarixdagi eng katta janjal boʻlishi mumkin” va demokratlar “bundan qochib qutula olmaydi”.
DOGE — AQSh hukumati idorasi emas
The Guardian gazetasi aniqlik kiritishicha, DOGE hukumat departamenti emas, Mask esa yangi ma'muriyat a'zosi hisoblanmaydi. Shunga qaramay milliarder Oq uy majmuasiga kiruvchi Eyzenxauer ma'muriy binosida ofisga ega.
Maskning koʻrsatmasi bilan 19 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan dasturchilar va muhandislar federal agentliklarning nozik ma'lumotlarini nazorat qiladi va ommaviy qisqartirishlar bilan tahdid qiladi.
Trampning inauguratsiyasidan bir necha kun oʻtgach, Mask AQShning barcha 2 million federal xizmatchilariga elektron xat yuborib, ularni kutilayotgan qisqartirishlar arafasida ishdan boʻshashga chaqirgan. Ma'lum boʻlishicha, Ilon Mask xodimlarga etti oylik maosh miqdorida toʻlov taklif qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar