17:20 / 12.02.2025
626

Tailandda 85 yoshli ayol oʻz dafn marosimida hushiga keldi

Tailandda 85 yoshli ayol oʻz dafn marosimida hushiga keldi
Foto: Picture courtesy of KhaoSod
Tailandning Buriram provintsiyasida 85 yoshli Fua Shriphadung oʻzining dafn marosimida “tirilib ketdi”, deb xabar bermoqda The Thaiger. Ayol vafot etdi deb e'lon qilinganidan 40 daqiqa oʻtgach, hushiga kelgan. Qarindoshlari uning “narigi dunyodan qaytishi”ni yaxshi karma bilan bogʻlashmoqda.

Fua Shriphadungning tanasini diniy marosimlar oʻtkaziladigan ibodatxonaga olib ketishga tayyorgarlik koʻrilayotgan paytda ayol oʻziga kelgan.

Voqea 5 fevral kuni kechqurun yuz bergan. Qarindoshlari Shriphadungni behush holda topib, uni vafot etgan deb oʻylagan. Ular jasadni olib ketish uchun qutqaruv xizmatiga murojaat qilgan. Ammo taxminan 40 daqiqadan soʻng ayol kutilmaganda oʻrnidan turib, qarindoshlari va qoʻshnilarini shokda qoldirgan.

Ushbu voqeadan keyin, Fua Shriphadungning xulq-atvori oʻzgarib qoldi. U oʻzini goʻdakdek tutadi: uni qoʻlda koʻtarib yurishlarini va shirinliklar bilan siylashlarini xohlaydi.

Ayolning jussasi hayratlanarli darajada kichkina: boʻyi 112 santimetr, vazni esa atigi 15 kilogramm. Ruhoniylar ayolning xatti-harakatlari umuman olganda ongli ekani, biroq uning ba'zi harakatlari bolalarnikiga oʻxshab ketishini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo