![AQSh Mark Fogel evaziga rossiyalik Aleksandr Vinnikni ozod qiladi](/uploads/posts/2025-02/6eb935d294_j6pihvgwczrg1nmkzpo6ctsmsakzugys.webp)
Aleksandr Vinnik / Foto: Reuters
Amerika rasmiylari tomonidan pul yuvishda ayblanib, hibsga olingan rossiyalik Aleksandr Vinnik AQSh va Rossiya oʻrtasidagi mahbuslar almashinuvi doirasida ozod etiladi. Bu haqda ABC News Donald Tramp ma'muriyati vakiliga tayanib xabar berdi.
Kuni kecha giyohvand moddalar kontrabandasi uchun Rossiyada 14 yilga qamalgan sobiq diplomat Mark Fogel AQShga qaytarilgan edi. Vinnik aynan qachon vataniga joʻnatilishi hozircha noma'lum.
![](/uploads/posts/2025-02/50b15406bf_moj0rjgki-iuoe6hx0dsl-zvkqv1f4vk.webp)
Donald Tramp Mark Fogel bilan
RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 12 fevral kuni boʻlib oʻtgan brifingda Moskva va Vashington mahbuslar almashinuvini oʻtkazayotganini tasdiqlagan.
Aleksandr Vinnik 2017 yilda AQSh soʻrovi bilan Gretsiyada hibsga olingan. Amerika hukumati Vinnikni BTC-e kriptovalyuta birjasi orqali salkam 4 milliard dollar pulni yuvishda ayblagan. Rossiya fuqarosi 50 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi aytilgan edi. Vinnikning ekstraditsiyasini, shuningdek, Fransiya va Rossiya ham talab qilgan.
2020 yil yanvarda oʻzining Rossiyaga topshirilishini soʻragan Vinnik Fransiyaga ekstraditsiya qilingandi. Mazkur mamlakatda u zararli dasturiy ta'minotni yaratganlik ishi boʻyicha aybdor deb topilgan va besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. 2022 yil avgustda Vinnik Gretsiyaga qaytarilgan, soʻng AQShga ekstraditsiya qilingan. 2024 yil mayda Vinnik Amerika prokuraturasi bilan kelishuvga erishgani va oʻz aybiga iqror boʻlgani ma'lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar