14:17 / 13.02.2025
56

Xitoy blogerlarga armiya haqida ma'lumot berishni taqiqladi

Xitoy blogerlarga armiya haqida ma'lumot berishni taqiqladi
Xitoy oʻz Qurolli kuchlari haqidagi ma'lumotlarni internetda e'lon qilishni cheklovchi yangi qoidalarni joriy etdi. Bu qadam dunyodagi eng yirik armiya faoliyatini kuzatishni cheklashi mumkin.

Ushbu qoidalar 1 martdan boshlab kuchga kiradi. U Xitoy armiyasini AQSh harbiy qudratiga tenglashish uchun tezlik bilan kengaytirish va modernizatsiya qilayotgani haqidagi ma'lumotlar fonida e'lon qilindi.

Kiritilgan cheklovlar Xitoy harbiy blogerlari va sharhlovchilariga katta ta'sir koʻrsatishi mumkin. Ular yangi qurol-yarogʻ tizimlari, kadrlar tayinlovi va qoʻshinlar harakati haqidagi rasmlar yoki ma'lumotlarni ulashishga odatlangan.

Foto: Getty Images
Yangi qoidalar esa harbiy sirlar, milliy mudofaa texnologiyalari, sanoat sirlari yoki boshqa maxfiy ma'lumotlarni “yaratish, koʻpaytirish, nashr etish va tarqatish”ni taqiqlaydi.

Xitoy hukumatiga koʻra, bu geosiyosiy keskinlik va xorijiy razvedka tuzilmalari faolligi kuchaygan sharoitda milliy xavfsizlikni mustahkamlash va davlat sirlarini himoya qilishga qaratilgan.

Taqiqlangan mavzular roʻyxati qurol-yarogʻ tizimlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazishdan tortib, harbiy mashgʻulotlar, harbiy qismlarning tashkiliy tuzilmalari, vazifalari va jangovar imkoniyatlarini oʻz ichiga oladi.

Yangi qoidalar Xitoy harbiylarining faoliyati haqida xorijiy OAVdagi chiqishlarga qanday ta'sir koʻrsatishi hozircha noma'lum.

"Harbiy va mudofaa mavzulariga oid kontent xitoylik internet foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uygʻotadi, ammo rahbariyat maxfiy ma'lumotlar va taxminlar mamlakatning harbiy rivojlanishi va imkoniyatlari haqidagi rasmiy ritorikaga zarar etkazmasligini ta'minlashga intilmoqda", dedi China Media Project ijrochi direktori Devid Bandurski.

FT: Xitoy Pentagondan 10 baravar katta qoʻmondonlik markazi qurmoqda

31 yanvar kuni Pekin gʻarbida AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) shtab-kvartirasidan 10 baravar katta qoʻmondonlik markazi qurilayotgani haqida xabar tarqaldi. Financial Times nashri mazkur ma'lumotni sun'iy yoʻldosh tasvirlari va razvedka manbalariga tayanib berdi.

Sun'iy yoʻldosh tasvirlarida Pekindan 30 km janubi-gʻarbda joylashgan 6 kv/km dan ortiq qurilish maydoni koʻrsatilgan. Asosiy qurilish ishlari 2024 yil oʻrtalarida boshlangan.

"Qurilish maydonida Xitoy harbiy rahbarlarini urush payti himoya qilish uchun bunkerlar joylashtiriladigan chuqurliklar kuzatildi", degan harbiy ekspertlar.

Voqea joyida harbiylar koʻrinmasa-da, dronlar yoki fotosuratga olishdan ogohlantiruvchi belgilar boʻlgan. Darvoza oldidagi qoʻriqchilar birdaniga kirish taqiqlanganini aytgan va loyiha haqida gapirishdan bosh tortgan. Qurilish maydonchasidan chiqib ketayotgan rahbarlardan biri esa bunga izoh bermagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo