![Ilon Maskning ijtimoiy tarmogʻi Trampga 10 mln dollar toʻlab beradi](/uploads/posts/2025-02/63417daf3e_hmvyhmbkrobqnk_uvwcseqp1-xjojoqw.webp)
Foto: The New York Times
Milliarder Ilon Maskka tegishli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻi AQSh prezidenti oʻz akkaunti bloklanganidan keyin kiritgan da'voni hal etish maqsadida Donald Trampga qariyb 10 million dollar toʻlashga rozi boʻldi. Bu haqda The Wall Street Journal oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Da'vo arizasi 2021 yilda Twitterʼga va kompaniyaning oʻsha vaqtdagi direktori Jek Dorsiga qarshi ilgari surilgan edi.
Nashr suhbatdoshlarining ma'lumotlariga koʻra, Tramp jamoasi AQSh rahbarining Mask bilan yaqin munosabatda ekani va biznesmen uning saylovoldi kampaniyasiga 250 million dollar sarflagani sabab sud jarayonini toʻxtatish variantini ham koʻrib chiqqan.
2021 yil yanvarda Facebook, Instagram va Twitter Donald Trampning akkauntlarini AQSh prezidentligi saylovlari natijasidan norozi boʻlgan tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirganidan keyin bloklagan edi. Ijtimoiy tarmoqlar rahbarlariga koʻra, Tramp postlari orqali tartibsizlik ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlagan. 2022 yil noyabrda Twitterʼning egasiga aylangan Mask Trampning akkauntini blokdan chiqargandi.
Meta kompaniyasi 2025 yil yanvar oxirlarida 2021 yildagi da'voni hal etish uchun Trampga 25 million dollar toʻlashga rozi boʻlgandi. The New York Times koʻra, 22 million dollar Trampning prezident kutubxonasini moliyalashtirishga, qolgan 3 million dollar esa sud jarayonlari kompensatsiyasi uchun yoʻnaltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar