12:55 / 14.02.2025
796

Chilida kit eshkakchini yutib yubordi (video)

Chilida kit eshkakchini yutib yubordi (video)
Foto: Videodan kadr
Chili Patagoniyasi qirgʻoqlarida kit 20 yoshli eshkakchi yutib yubordi, bir necha soniyadan soʻng uni tashqariga uloqtirdi. Bu haqda Associated Press'ga tayanib Daryo xabar berdi.

20 yoshli Adrian Simankas otasi bilan birga Magellan boʻgʻozidagi San-Isidro mayogʻi yaqinidagi qayiqda sayohat qilayotgan boʻlgan. Bir oz vaqt oʻtgach, suv yuzasiga chiqqan kit Adrianni qayigʻi bilan birga yutgan, keyin esa tashqariga uloqtirgan.

“Men oʻzimni oʻlgan deb oʻylagandim. Meni yutib, eb yubordi deb oʻylagandim”, deydi Adrian
Yuz berayotgan voqeadan bir necha metr narida turgan ota buni videoga olib, oʻgʻlini xotirjam boʻlishga undagan.

Adrian suv yuzasiga chiqqanidan keyingina haqiqiy qoʻrquv his qilgani, bahaybat kit otasiga zarar etkazishidan yoki oʻzi muzdek suvda halok boʻlishidan xavotirga tushganini aytgan.

Fevral oyi boshida Isroilning Xadra shahri qirgʻoqlarida akula baliqchiga hujum qilgandi, biroq erkak undan qochishga muvaffaq boʻlgan. Oʻshanda baliqchining akula bilan toʻqnashuvi aks etgan video tarqalgan. Bu joyda 75 yil ichida birinchi marta akula hujumi sodir boʻlgan. Hujum erkakning GoPro videokamerasiga tushib qolgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo