![Shols: Rossiyaning gʻalabasi yoki Ukrainaning qulashi «tinchlikka olib kelmaydi»](/uploads/posts/2025-02/2e8161d37a_7xwv1k6m7rfied9vv_bk6ldns6zhzcir.webp)
Rossiyaning urushdagi gʻalabasi yoki Ukrainaning qulashi «tinchlikka olib kelmaydi». Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 13 fevral, payshanba kuni Berlinda jurnalistlarga ma'lum qildi.
Siyosatchi AQSh prezidenti Donald Trampning «oʻlim va qon toʻkilishini» toʻxtatish uchun Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi imkon qadar tezroq yakunlanishi kerakligi haqidagi fikriga qoʻshilishini tushuntirdi. U, shuningdek, Oq uy rahbarining Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qilish haqidagi qarorini qoʻllab-quvvatladi va oʻzi ham Rossiya prezidenti bilan gaplashganini eslatdi. Shu bilan birga, Shols Ukraina suverenitetini saqlab qolishga imkon beradigan «uzoq muddatli» va adolatli kelishuvga chaqirdi. «Shuning uchun biz hech qachon buyruq ostidagi tinchlikni qoʻllab-quvvatlamaymiz», deb qoʻshimcha qildi u.
Shols: Tinchlik shartnomasi Ukrainaga majburan yuklanmasligi kerak
Avvalroq Germaniya kansleri Donald Trampning Vladimir Putin bilan muzokaralar haqidagi izohlari fonida Politico nashriga bergan intervyusida Ukrainadagi urushni toʻxtatish boʻyicha kelishuv Kiyevga majburiyat shaklida yuklanmasligi kerakligini aytdi.
Shuningdek, u Ukrainaga «tinchlik kelishuvidan keyin ham rivojlanishga» imkon berilishi kerakligini, bu uning urushdan oldingidan koʻra koʻproq va Gʻarb qurollari bilan jihozlangan «kuchli armiya»ga ega boʻlishini anglatishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar