![AQShning 14 ta shtati rasmiylari Mask va Trampni sudga berdi](/uploads/posts/2025-02/a4f932f8f7_1.webp)
Foto: Reuters
AQShning 14 ta shtatidan demokrat prokurorlar va rasmiylar prezident Donald Tramp va Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskni sudga berdi. Bu haqda ABC News'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Da'vo arizasida ta'kidlanishicha, Maskning tayinlanishi AQSh konstitutsiyasini buzmoqda, chunki u senat tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan vazifalarni bajarmoqda.
Hech kim tomonidan saylanmagan bitta shaxs qoʻlida davlat hokimiyatining toʻplanishidan koʻra demokratiyaga kattaroq tahdid yoʻq, deya ta'kidlanadi da'vo arizasida.
Shtatlar Maskka davlat mablagʻlarini oʻzgartirish, federal xizmatchilar bilan shartnomalarni bekor qilish va boshqalarni taqiqlashni soʻramoqda.
Ariza Nyu-Meksiko bosh prokurori Raul Torres va Arizona, Michigan, Merilend, Minnesota, Kaliforniya, Nevada, Vermont, Konnektikut, Rod-Aylend, Massachuses, Oregon, Vashington va Gavayi shtatlari rasmiylari tomonidan berilgan.
Nyu-Meksiko boshchiligidagi shtatlarning ta'kidlashicha, Mask “misli koʻrilmagan” vakolatlarga ega boʻlgan, bu unga federal agentliklarni tugatish va qonunchilik tasdigʻisiz byudjetlarni qisqartirish imkonini beradi. Shuningdek, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) 26 nafar xodimi va pudratchilari DOGE vakolatlarini cheklashni talab qilib, da'vo arizasi kiritgan.
Bir qator idoralar allaqachon DOGE’ning maxfiy ma'lumotlarga kirishini cheklagan, sud esa agentlikka USAID’ning 2 mingdan ortiq xodimini qisqartirishni vaqtincha taqiqlagan. Da'vogarlar Maskning barcha qarorlarini noqonuniy deb topishni va uning DOGE’dagi faoliyatini senatda tasdiqlanmaguncha toʻxtatib turishni talab qilmoqda.
Tramp administratsiya ta'kidlashicha, Mask qonun doirasida harakat qilmoqda, DOGE esa davlat xarajatlarini qisqartirish va korruptsiyaga qarshi kurash bilan shugʻullanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar