Niderlandiya 2017 yilda plastikdan yo‘l quradi

Niderlandiya 2017 yilda plastikdan yo‘l quradi
Niderlandiya 2017 yilda plastikdan yo‘l quradi

2017 yil oxirlarida Gollandiyada plastik yo‘l qurilishini lenta.ru'ga asoslanib carzone.uz sayti yozmoqda. Yangicha yo‘l asfalt kabi bosimga chidamli va pishiq bo‘ladi. An’anaviy yo‘l qoplamasidan farqli holda plastik vazni yengil, tashish oson, qolaversa, ostidagi tuproq qatlami cho‘kmaydi.

Plastik qoplama ichi kovak bo‘lib, turli yerosti kabellari va kommunikasiya tizimlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Yo‘l qoplamasi modullari muddatini o‘tagach, qayta ishlab yana foydalanish mumkin.

“Wavin va Total kompaniyalari bilan hamkorlikda bu loyihani amalga oshirish yo‘lida qadam qo‘yish uchun bizning yetarlicha bilim, tajriba va resurslarimiz bor. Prototip 2017 yilning oxirlariga tayyor bo‘lishi kutilmoqda”, deydi yo‘lsoz ixtirochilar.

Qayta ishlangan plastikdan yo‘l bunyod qilish konsepsiyasi 2015 yilda o‘rtaga tashlangan. Unda niderland kompaniyasi AQShning asfalt yo‘llarini plastikka almashtirishni taklif qilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar