
Foto: AP
ChatGPT'ni ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi 14 fevral, juma kuni uni 97,4 milliard dollarga (92,8 milliard yevro) sotib olish uchun korporatsiya direktorlar kengashiga murojaat kiritgan Ilon Maskning taklifini rad etdi. OpenAI bosh direktori Sem Altman bu ma'lumotni tasdiqladi.
«OpenAI sotilmaydi va kengash Maskning raqobatchilarni oʻz nazoratiga olishga boʻlgan soʻnggi urinishini bir ovozdan rad etdi. OpenAI'ning har qanday potentsial qayta tashkil etilishi bizning notijorat tashkilotimizni va uning AGI'ning butun insoniyatga foyda keltirishini ta'minlash missiyasini kuchaytiradi», — deya OpenAI boshqaruv kengashi raisi Bret Teylorning soʻzlaridan iqtibos keltirdi.
OpenAI foyda olishga e'tibor qaratmoqchi
OpenAI oʻz tuzilmasini oʻzgartirish va foyda olishga yoʻnaltirilgan kompaniyaga aylanish jarayonida, deya xabar beradi dpa.
Milliarderning advokatlari 12 fevral kuni sud arizasida Mask boshchiligidagi, uning sun'iy intellekt startapi xAI'ni oʻz ichiga olgan konsortsium tijoriy tuzilmaga aylanish rejalaridan voz kechsa, OpenAI'ni sotib olish taklifini qaytarib olishini bildirdi.
Altman va Mask oʻrtasidagi nizo koʻp yillardan beri davom etib kelmoqda, deb yozadi The Guardian. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar