![AQShda 104 yoshli ayol tugʻilgan kunini qamoqxonada nishonlashni istadi](/uploads/posts/2025-02/901c57b7e7_kddiltz3kk5x4qqydexs0kpyktdnqd3x.webp)
Foto: Livingston County Sheriff's Office
AQShdagi qariyalar uyida yashovchi ayol oʻzining 104 yoshga toʻlgan kunini Nyu-York shtatidagi qamoqxonada nishonlashni xohladi. Ayolning bu istagini amalga oshirishda mahalliy sherif yordam berdi, deb yozmoqda Sky News.
Loretta ismli ayol umrida hech qachon bu kabi joylarda boʻlmagani uchun qamoqxonaga tushishni orzu qilganini aytgan. Dastlab uning tugʻilgan kuni qariyalar uyida nishonlandi, soʻngra ayolni qamoqxonaga olib borishdi.
Jazoni ijro etish muassasasida Lorettaning barmoq izlari olindi, ekskursiya oʻtkazildi va bayram torti bilan mehmon qilindi. Tugʻilgan kun sohibasi, shuningdek, kishanlarni koʻzdan kechirib, sinab koʻrdi, kameralarda, oshxonada, qoʻriqlash postlarida va dispetcherlik markazida boʻldi. Ayol bayramni politsiya xodimlari, jumladan xizmat iti bilan nishonladi.
“U qamoqxonamizda vaqtini ajoyib oʻtkazdi”, – deya ma'lum qildi sherif idorasi oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar