18:29 / 15.02.2025
126

Rossiyada sud ijrochilari 2024 yilda rekord miqdordagi xorijlikni chiqarib yubordi

Rossiyada sud ijrochilari 2024 yilda rekord miqdordagi xorijlikni chiqarib yubordi
Foto: Rossiya IIV
Oʻtgan yili sud ijrochilari Rossiyadan rekord miqdordagi – deyarli 90 ming nafar xorijliklarni majburan chiqarib yubordi, bu haqda Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati (FSSP) direktori – Rossiya bosh sud ijrochisi Dmitriy Aristov ma'lum qildi.

«2024 yilda Rossiyadan 66 ta xorijiy davlatga 87 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar chiqarib yuborildi, bu 2023 yilga nisbatan qariyb ikki baravar koʻpdir (shunda 60 ta davlatga 44 ming xorijlik chiqarib yuborilgan)», dedi FSSP rahbari.

Chet elliklarning aksariyati, birinchi navbatda, MDH davlatlari: Ozarboyjon, Belarus, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekistonga majburan deportatsiya qilingan. Bundan tashqari, sud ijrochilari Kuba, Vetnam, Sudan, Xitoy, Misr va boshqa mamlakatlarga deportatsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo