
Foto: Getty Images
Rossiya hududiy yon berishi, shuningdek, qurolli kuchlarini qisqartirishi va kelajakda ulardan foydalanishdan voz kechishi kerak, dedi AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kellogg.
Uning soʻzlariga koʻra, Britaniya, Polsha va Ukraina TIV rahbarlari bilan uchrashuv chogʻida Ukraina ham «ba'zi narsalarda yon berishi» mumkin. Bundan tashqari, Kellogg Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanktsiyalar hozir qanchalik samarali ekanini ham baholadi.
«Ular 10 ballik tizim boʻyicha 6 ball darajasida. Lekin ularning amalga oshirilishi 3 ball darajasida. Iqtisodiyotga zarba beradigan sanktsiyalar kerak. Biz buni Eron bilan oʻtmishda qilganmiz, biz bu mamlakatni chindan ham sindirgan sanktsiyalarni qoʻyganmiz», deb ta'kidladi u.
Bundan tashqari, Kellogg Ukrainadagi urush qachon tugashini taxmin qildi. «Prezident Tramp oʻz lavozimini 30 kundan kamroq vaqt davomida egallab turibdi va biz soʻnggi 30 kun ichida oxirgi ma'muriyat uch yil ichida erishganidan koʻra koʻproq muvaffaqiyatga erishdik», dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar