Yermak AQSh bilan muzokaralar haqida: Kiyev «qizil chiziqlar»ni belgilab oldi

Foto: DW
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak 16 fevral, yakshanba kuni Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi (MSC)da AQSh delegatsiyasi bilan muzokaralar chogʻida Kiyev «oʻz manfaatlarining qizil chiziqlarini aniq belgilab olganini» aytdi. Yermakning soʻzlariga koʻra, ushbu anjumanda sodir boʻlgan voqea «urushni tugatish rejasi ishlab chiqilishidan dalolat berishi mumkin».
«AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens va AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya boʻyicha maxsus vakili Kit Kellog bilan haqiqatdan ham mazmunli suhbat boʻldi. Nodir er resurslari boʻyicha kelishuv haqidagi suhbat oʻziga xos jihatlarga toʻla boʻldi, ammo uni qayta koʻrib chiqish uchun hali ham vaqt va gʻoyalar talab etiladi», — deb yozdi Yermak oʻzining Telegram-kanalida.
Ukrainalik siyosatchi, shuningdek, MSC doirasidagi «har bir uchrashuvda, har bir muloqotda» Kiyev Ukraina va EIsiz «Yevropa xavfsizligi boʻyicha muloqot» boʻlishi mumkin emas degan pozitsiyani himoya qilganini ta'kidladi. Yermak, shuningdek, Kiyev ishtirokisiz urushni tugatish haqidagi har qanday kelishuv qabul qilinmasligini eslatdi.
Ukraina prezidenti devoni rahbari Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv haqida ham gapirdi. Suhbat davomida Yermak unga yaqinda Chernobil AESga qilingan hujumni eslatdi. «Moskva dunyoga yadroviy tahdid solmoqda», — dedi Yermak.
Yermak: «Putin hech qachon qoidalarga koʻra oʻynamaydi»
14 fevralda, MSC ochilish kunida Andrey Yermak Kit Kellog bilan uchrashib, «barqaror tinchlikka erishish» boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirishga urinib koʻrdi. Suhbat chogʻida Yermak Kellogga Rossiya prezidenti Putin «hech qachon qoidalarga koʻra oʻynamasligini» aytdi va uni «oʻzini aldab qoʻymaslikka» chaqirdi. «Ruslar faqat kuchni hurmat qiladi va undan foydalanmayotganlarni

Izohlar 0
…